AKSh

Pompeo COVID-19 kelib chiqishini Xitoy laboratoriyalariga bog‘ladi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirus pandemiyasi XXR laboratoriyalarida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin mazmunida tarqalgan taxminlarni tasdiqlovchi ma’lumotni e’lon qildi.

Trampning Rossiya bilan til biriktirganligiga oid hujjatlar maxfiylashtiriladi

Donald Tramp g‘olib chiqqan 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bilan bog‘liq yuzlab tergov hujjatlari juma kuni maxfiylashtiriladi. Bu haqda Amerikaning Fox News telekanali Senatdagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

AQSh vise-prezidenti Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi

«Menimcha, voqealarning bunday rivojlanishi mamlakatimiz manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi yoki bizning konstitusiyamizga mos emas», — dedi vise-prezident.

AQSh tarixidagi sensasiya: Donald Trampga ikkinchi marta impichment e’lon qilindi

Trampni lavozimidan chetlatishni yoqlab 232 kongressmen, jumladan, uning 10 nafar partiyadoshlari, ovoz berdi, 197 kishi qarshi chiqdi.     

AQShda ilk bor ayol qatl etildi: "Qo‘rqinchli Liza" qanday jinoyat sodir etgan edi?

AQSh hukumati 70 yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro qildi, deb xabar qildi The New York Times.

AQShdagi Kapitoliy binosiga Chak Norris ham hujum qilganmidi?

Amerikalik aktyor Chak Norris 6 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi oldidagi namoyishlarda qatnashgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining tvitterida yozgan.

Eronlik olimlar AQShga zarba berishni so‘rashmoqda

Yuzlab eronlik olimlar respublika havo hududiga bostirib kirishga uringani uchun AQSh harbiylariga hujum qilishga chaqirishdi. Bu haqda 840 olimning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaga yuborgan ochiq xatida aytilgan, deb yozadi Fars agentligi.

Ikkita yirik bank Tramp va uning oilasidan voz kechdi

Deutsche Bank kelajakda Donald Tramp yoki uning kompaniyasi bilan ish olib bormaslikka qaror qildi, deb xabar berdi New York Times gazetasi.

Vaziyat jiddiy: Tramp tarafdorlari butun AQSh bo‘ylab qurolli hujum uyushtirmoqchi

Federal qidiruv byurosi AQSh huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tishi kutilayotgan o‘ta o‘ng ekstremistlarning qurolli norozilik namoyishlari haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi BBC.

Shvarsenegger Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Amerikalik aktyor, Kaliforniyaning sobiq respublikachi gubernatori Arnold Shvarseneggerning aytishicha, Donald Tramp o‘zining tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin AQShning eng yomon prezidenti sifatida tarixga kiradi.

Sobiq prezidentning opasi qariyalar uyida koronavirusdan vafot etdi

AQShning 41-prezidenti Katta Jorj Bushning opasi Nensi Ellis Bush koronavirus bilan kasallanganidan so‘ng vafot etdi.

Kapitoliyga bostirib kirganlarni qanday jazo kutmoqda?

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, agar shaxs polisiya xodimiga hujum qilishda ayblanayotgan bo‘lsa, bu «polisiya xodimiga jiddiy tan jarohati yetkazishda katta xavf tug‘diradigan zo‘ravonlik harakati» sifatida baholanadi.