Kapitoliyga bostirib kirganlarni qanday jazo kutmoqda?

Kapitoliyga bostirib kirganlarni qanday jazo kutmoqda?

Yaqinda Vashington polisiyasi tomonidan namoyishlar va Kapitoliy binosiga bostirib kirishga aloqador bo‘lgan 736 kishining ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu fuqarolar isyon ko‘tarish va boshqalarni tartibsizliklarga da’vat etish, polisiyachilarga nisbatan zo‘ravonlik, komendantlik soatiga rioya etmaslik, polisiya to‘siqlarini buzib o‘tish, xususiy hududga bostirib kirish, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qurolga egalik qilish, xususiy mulkka zarar yetkazish, o‘g‘irlik yoki o‘g‘irlik qilishga urinish, axloqsiz harakatlar, jamoatchilik joyida peshob chiqarish yoki yozilish, odam o‘g‘irlash bilan tahdid qilish yoki uning sog‘ligiga zarar yetkazish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, agar shaxs polisiya xodimiga hujum qilishda ayblanayotgan bo‘lsa, bu «polisiya xodimiga jiddiy tan jarohati yetkazishda katta xavf tug‘diradigan zo‘ravonlik harakati» sifatida baholanadi. Aybdor esa 10 yilgacha qamaladi va 25 ming dollargacha jarima to‘laydi.

Ro‘yxatdagilarning 30 foizini ana shunday jazo kutayotgan ekan.

Agar tartibsizliklar davomida jiddiy tan jarohatlari yetkazilsa yoki moddiy zarar 5000 dollardan oshsa, boshqalarni ommaviy tartibsizliklarga bilib turib chaqirgan har bir shaxsni ham 10 yilgacha qamoq va 25 ming dollar jarima kutadi.

Ro‘yxatdagilarning yana 30 foizini ana shunday jazo kutayotgan ekan.

Xullas, 60 foiz namoyishchi uzoq vaqt panjara ortida o‘tiradi, katta miqdorda jarima to‘laydi. Yetmaganiga, ushbu fuqarolarning barchasi ozodlikka chiqqanidan so‘ng ham ovoz berish huquqidan umrbod mahrum etiladi.

Janob Tramp yaratgan "demokratiya maktabi"da hozircha mana shunday gaplar. Aytgancha, AQSh adliya vazirligi Oq uyning ushbu rahbariga nisbatan fuqarolarni Kapitoliyni bosib olishga undash bo‘yicha ayblov e’lon qilish rejalashtirilmayotganligi haqida bayonot bergan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!