Shvarsenegger Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Shvarsenegger Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Amerikalik aktyor, Kaliforniyaning sobiq respublikachi gubernatori Arnold Shvarseneggerning aytishicha, Donald Tramp o‘zining tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirganidan keyin AQShning eng yomon prezidenti sifatida tarixga kiradi.

Aktyor tegishli videoxabarni o‘zining Tvitter sahifasiga joylashtirdi.

Shvarseneggerning ta’kidlashicha, Tramp saylov natijalarini o‘zgartirishga, shuningdek, odamlarni yolg‘onlarga ishontirish orqali davlat to‘ntarishi uyushtirishga harakat qilgan.

"U rahbar sifatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va endi tarixdagi eng yomon prezident sifatida esda qoladi", dedi aktyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!