Pompeo COVID-19 kelib chiqishini Xitoy laboratoriyalariga bog‘ladi

Pompeo COVID-19 kelib chiqishini Xitoy laboratoriyalariga bog‘ladi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo koronavirus pandemiyasi XXR laboratoriyalarida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin mazmunida tarqalgan taxminlarni tasdiqlovchi ma’lumotni e’lon qildi.

Pompeo o‘z bayonotini ushbu haftada koronavirus pandemiyasi sabablarini o‘rganish va bu borada surishtiruv o‘tkazish uchun Xitoyga yetib borgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti inspektorlariga yo‘lladi.

"AQSh hukumati bugun 2019 yilda Xitoy davlat laboratoriyalari faoliyati ichida yuz bergan yangi ma’lumotlar haqida xabar berishmoqda", - deyiladi Pompeoning yozma bayonotida. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Uxan virusologiya institutining bir necha nafar tadqiqotchilari 2019 yilning yozida - hali COVID-19 birinchi holati qayd etilgunga qadar kasallanishgan, deyish uchun barcha asoslarga ega.

Bundan tashqari, institutda kamida 2016 yildan boshlab COVID-19 bilan 96% ga o‘xshash bo‘lgan RaTG13 ko‘rshapalaklarida koronavirus o‘rganilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, institut virusning ehtimoliy "yuqumliligi yoki o‘lim holatlarini oshirishi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar" borasida hisobot taqdim etmagan.

Virusologiya instituti harbiy tadqiqotlar bilan bog‘liq, deya ta’kidlagan yana Pompeo. "Uzan virusologiya instituti fuqarolik instituti sifatida taqdim etilishiga qaramay, u Xitoy harbiylari bilan materiallar chop etishda va maxfiy loyihalarda hamkorlik qilgan", - deyiladi Pompeo bayonotida.

"COVID-19 pandemiyasi oldini olish mumkin edi. Har qanday mas’uliyatli davlat infeksiya avj olganidan bir necha kun o‘tgach Uxanga sog‘liqni saqlash sohasida jahon ekspertlarini taklif qilgan bo‘lar edi", - degan Pompeo.

U yana bir karra BSST ekspertlariga barcha ob’ektlarga, laboratoriya ma’lumotlariga, xodimlarga, guvohlarga va shikoyatchilarga yo‘l ochib berishga chaqirib qolgan.

AQSh bundan oldin ham koronavirus xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni bildirib kelgan, ammo shu vaqtgacha o‘z so‘zlariga dalillarni keltirmagan edi.

Pompeoning hozirgi ta’kidlari ham hujjatlar bilan dalillanmagan. Xitoy bu ayblovlarni rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!