«Zo‘rTV» jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi

«Zo‘rTV» jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi «Zo‘rTV» jurnalisti va operatorini kaltaklagan shaxsga hukm o‘qidi. Sudlanuvchi Nodir Eshniyozov Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» va «g» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga dastlab 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, hukmning shartliligi e’lon qilindi va aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi.

Sudlanuvchidan «Zo‘rTV» kanali foydasiga yetkazilgan zarar uchun 23 million 755 ming 641 so‘m mablag‘ undirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!