Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

A A A
Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Bugun, 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva joriy yilning iqlim siyosati va barqaror rivojlanish sohasidagi asosiy voqeasining qator tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Sammit doirasida "Yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlardagi yetakchiligi " mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdog‘an, Qirg‘iziston Birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar mamlakatlarimiz ekofaollari tomonidan ishlab chiqilgan "Indivisible" ("Bo‘linmas") badiiy installyasiyasi bilan tanishdi boshlandi. Panno quroq texnikasida ishlangan bo‘lib, undagi har bir mato parchasi mamlakatlar uchun noyob bo‘lgan va yo‘qolib borayotgan o‘simlikni anglatadi. Tabiiy merosni asrab-avaylashga da’vat etuvchi ushbu loyiha tabiat va insoniyat bo‘linmasligini yodga soladi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qardosh Ozarbayjon hukumati va xalqini SOR-29 yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi, shuningdek, Haydar Aliyev jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan qo‘shma forumni shaxsan qo‘llab-quvvatlagani uchun Birinchi vise-prezident, Birinchi xonim Mehribon Aliyevaga minnatdorlik bildirdi.

Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan yosh avlod – go‘daklar, bolalar va o‘smirlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatayotgani, ularning millionlab tengdoshlari tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilikdan, suv va oziq-ovqat tanqisligidan har kuni aziyat chekayotgani qayd etildi.

— Bu hodisalarga qarshi kurashni yosh avlodsiz, uning ongli va faol ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu nufuzli minbardan turib, bugun Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar yoshlari ham mana shu global harakatning ajralmas qismi sifatida shakllanayotganini qayd etish menga katta faxr bag‘ishlaydi, — dedi Ziroat Mirziyoyeva.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Mamlakatimizning Birinchi xonimi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Yoshlarimizning iqlim sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar va "yashil" kontentni kengaytirish, yosh avlod vakillari bilan tizimli va muntazam "iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, shuningdek, farzandlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini ekologik startaplarni rag‘batlantirish va sun’iy intellektdan foydalanish orqali kengaytirish shular jumlasidan.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Ziroat Mirziyoyeva so‘zining yakunida yigit-qizlarga murojaat qilib, shunday dedi: " Bugun siz iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatning oldingi safidasiz. Sizning qat’iy shijoatingiz, yangi g‘oyalar va tashabbuslaringiz hammamizni umumiy maqsad sari yanada birlashtiradi. Shuni bilingki, sizning faolligingiz, sa’y-harakatlaringiz hayotimizni, Yer sayyorasi atalmish umumiy makonimizni albatta o‘zgartiradi".

Tadbir davomida O‘zbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ekofaollari hukumatlarni yosh avlodning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqiruvchi bayonot bilan chiqdilar.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Shuningdek, yoshlar mintaqaviy, shu jumladan O‘zbekistonda o‘tkazilgan ekologik oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini taqdimot qildilar.

Asosiy takliflar - Xalqaro maslahat qo‘mitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlimga oid loyihalarni muvofiqlashtirish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladigan raqamli platforma yaratish, shuningdek, barqaror rivojlanishni ilgari surish va yoshlar o‘rtasida ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan "Young Climate Champions" xalqaro ekofaollar hamjamiyatini tashkil etish.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

"Transchegaraviy ekotizimlar" loyihasi transchegaraviy tabiat ob’ektlari - qo‘riqxonalar, daryolar va hayvonlarning migrasiya yo‘nalishlarini asrash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Ekofaollar vizual kontent, shu jumladan VR-videolavhalardan iborat interfaol o‘quv xaritasini namoyish etdilar.

Ushbu tashabbuslarning barchasi real hayotga ko‘chmoqda, ularni barqaror amalga oshirish uchun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ekofaollar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlardan iborat Ekologik kun tartibi bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tashkil etildi.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Qo‘mita qarorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyaning yoshlar ishlari, ekologiya va ta’lim vazirlaridan iborat nufuzli Vasiylik kengashi tuzildi.

Ziroat Mirziyoyeva Bakuda o‘tkazilgan forumda qatnashdi

Maslahat qo‘mitasi bosh qarorgohi Toshkentda joylashgan yangi Butunjahon yoshlar ofisida faoliyat yuritadi. Mazkur ofis huzurida global miqyosda yoshlar tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ham ish olib boradi.

Forumning asosiy voqeasi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024-2030 yillarda Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha xalqaro strategiyaning imzolanishi bo‘ldi.

Yosh ekofaollarning tavsiyalariga asoslangan ushbu hujjat iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalarida davlat organlari, ta’lim muassasalari, jamoat va ilmiy tashkilotlar, bolalar va yoshlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik uchun global zamin yaratishga qaratilgan. Strategiya yosh avlodning ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga, jumladan, ekologik ta’lim va "yashil" ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

O‘zbekiston taklifni qabul qilmagan mashhur murabbiy mundialga boshqa termani olib boradi

Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.