Zidan fondi Jazoirdagi shifoxonaga tibbiy buyumlar hadya qildi

Zidan fondi Jazoirdagi shifoxonaga tibbiy buyumlar hadya qildi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Jazoirdagi shifoxonaga koronavirusga qarshi kurashda yordam berdi.

Marca'ning xabar berishicha, Zidan va uning otasi boshchiligidagi fond Bejaya kasalxonasiga tibbiy buyumlarni hadya qilgan.

Zidanning ota-onasi aynan Bejaya shahridan. Jazoirda urush boshlangach, Fransiyaga ko‘chib kelishgan. Zidan Marselda tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, Jazoirda hozirgacha COVID-19dan 313 kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!