Zidan bobo bo‘ldi

Zidan bobo bo‘ldi

"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan 49 yoshida bobo bo‘ldi.

Uning o‘g‘li Ensoning oilasida 20 may kuni qiz tug‘ildi va unga Sia deb nom berishdi. Zinedin Zidanning yana uch nafar o‘g‘li bor - Lyuka, Teo va Elias.

27 yoshli Enso Fransiyaning ikkinchi ligasidagi "Rodez" jamoasida o‘ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. 49 yoshli murabbiy 2021 yilning may oyida "Real"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!