Zelenskiy Ukrainada Rossiyaning qancha mulki musodara qilinganini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukrainada Rossiyaning qancha mulki musodara qilinganini ma’lum qildi

Ukrainada Rossiyaning jami 765 million dollarlik aktivlari musodara qilindi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deya yozdi "Zamon.uz".

"Bugun sanksiyalar siyosati va Rossiya aktivlari musodarasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdim. Amaldorlarning ma’lum qilishicha, Hozirning o‘zida 28 milliard grivna (765 million AQSh dollari)ga teng mulklar tortib olingan. Bu jarayon davom etmoqda", — degan Ukraina yetakchisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yana RFga tegishli yana 900 ob’ekt musodara qilinadi. Nafaqat davlatga, balki, rossiyaliklarga tegishli mulkni qo‘shib hisoblaganda tortib olinadigan aktivlar soni 36 mingni tashkil etishi qayd etilgan.

Avvalroq Polsha bosh vaziri Rossiyaga tegishli barcha mulklarni musodara etishni taklif qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!