Zelenskiy: Ukraina dunyodagi eng yirik dron hujumlaridan biriga uchradi

Zelenskiy: Ukraina dunyodagi eng yirik dron hujumlaridan biriga uchradi

28-mayga o‘tar kechasi Ukrainaga uchuvchisiz samolyot hujumi eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi, dedi prezident Vladimir Zelenskiy. Unga ko‘ra, 54 ta dron ishlatilgan.

“Bugun bizning davlatimiz Rossiya shahidlarining eng yirik hujumlaridan birini boshdan kechirdi — bir vaqtning o‘zida 54 ta dron”, — dedi Zelenskiy o‘z veb-saytida e’lon qilgan videomurojaatida . Ukraina prezidentining da’vo qilishicha, “deyarli barcha” dronlar urib tushirilgan.

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko 28-mayga o‘tar kechasi dron hujumini harbiy harakatlar boshlanganidan beri sodir bo‘lgan eng ommaviy hujum deb atadi. Havo hujumi besh soatdan ortiq davom etdi. Popkoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum oy boshidan beri ketma-ket 14-hujum bo‘ldi.

Rossiya bu ma’lumotga izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!