Zelenskiy: Belarusda yadroviy qurolning joylashtirilishi Putin va Si o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz uchrashuv natijasidir

Zelenskiy: Belarusda yadroviy qurolning joylashtirilishi Putin va Si o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz uchrashuv natijasidir

Zelenskiy: Belarusda yadroviy qurolning joylashtirilishi Putin va Si o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz uchrashuv natijasidir.

"Rossiyaning Belarus hududida yadro qurolini joylashtirishi haqidagi signali Xitoy bilan muvaffaqiyatsiz uchrashuvdan dalolat beradi. Rossiya Prezident Putin davrida butunlay yo‘qotgan qandaydir sub’ektivlikni ko‘rsatishi kerak edi", — dedi Zelenskiy Moldova prezidenti va Xorvatiya, Sloveniya, Slovakiya bosh vazirlari bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shu fikrlar Aleksandr Lukashenkoga ham tegishli.

"U, menimcha, endi o‘z hududida qanday qurol mavjud bo‘lishini hal qilmaydi", — deydi Ukraina Prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!