“Zarubejneft” O‘zbekistonning yirik kompaniyasi ulushini sotib olishi mumkin

“Zarubejneft” O‘zbekistonning yirik kompaniyasi ulushini sotib olishi mumkin

Rossiyaning “Zarubejneft” davlat neftgaz kompaniyasi O‘zbekistondagi “Jizzakh Petroleum” kompaniyasining ulushini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant’” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, bitim shartlari hozircha kelishilmagan.
"Zarubejneft" kompaniyasi esa bitim yuzasidan izoh bermagan, biroq kelgusida O‘zbekiston bozoriga chiqish va mintaqada rivojlanishg qiziqish borligini bildirgan.
Kompaniya MDH davlatlari, shu jumladan Qozog‘istonda operasiyalarini kengaytirish niyatida.

“Jizzakh Petroleum” qo‘shma korxonasi 2017 yilning iyun oyida “O‘zbekneftgaz” va “Gas Project Development Central Asia” ((Gazprom International) tomonidan tashkil etilgan.
2020 yil iyunida Jizzakh Petroleum Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini ishonchli boshqaruvga olgan edi.
Kompaniya saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning ulushiga O‘zbekistonda qazib olinadigan neftning 80 foizi va 105 ta konda aniqlangan neft zaxiralarining taxminan 22 foizi to‘g‘ri keladi. 2020 yilda 498,7 ming tonna neft va 497,4 mln kubometr tabiiy gaz qazib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!