Zarafshondagi partasiz maktab rasmi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi (foto)

Zarafshondagi partasiz maktab rasmi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi izoh berdi (foto)

Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi maktab rasmi tarqaldi. Unda bolalar parta va stul yo‘qligidan yerda o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ayrim kanallar yozishicha, bolalar 3 sentyabrdan buyon shu holatda ta’lim olishmoqda.

davletov.uz kanali Xalq ta’lim vazirligiga iqtibosan yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan rasm 3 sentyabr kuni bo‘lgan. O‘sha kuni o‘quvchilarga kitob tarqatilgan.  4 sentyabr kuni sinfxona to‘liq partalar bilan jihozlangan va darslar olib borilgan.

Birinchi rasmni tarqatgan @navoi_navoiy kanalining e’tiroz bildirishicha, bolalar kitob olishga borgan bo‘lsa nega ularni oldida daftar va ruchka ham bor? Nega ular dam olish kunida formada kelgan?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!