Zamonaviy issiqxona uskunalarini sotib yuborish holati aniqlandi

Zamonaviy issiqxona uskunalarini sotib yuborish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.C.” MCHJ mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan 1,1 mlrd so‘mlik zamonaviy issiqxona uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!