Zakot, fidya va fitr sadaqasi kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?

A A A
Zakot, fidya va fitr sadaqasi kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?

Ramazon oyi – barakali oy. Chunki unda amalga oshiriladigan moliyaviy ibodatlar tufayli ehtiyojmand kishilarning mushkuli oson bo‘ladi, xayr-ehson qiluvchilarning moliga ham baraka kiradi. Bu oyda, asosan, uch turdagi moliyaviy ibodat amalga oshiriladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bular zakot, fidya va fitrdir. Xo‘sh, ular qaysi toifa odamlarga beriladi va qancha miqdorda?

ZAKOT

Foto: muslim.uz

Zakot berish hur, aqliraso, balog‘atga yetgan, musulmon, nisob miqdoricha mablag‘ga ega, nisobga ega bo‘lganiga bir yil to‘lgan shaxslar zimmasiga farz bo‘ladi.

1) Zakotning sharti ikkitadir: birinchisi zakot oluvchiga zakotni mulk qilib berish, ikkinchisi esa, zakotni berish yoki ajratish paytida zakot ekanligini niyat qilishdir;

2) 85 gramm va undan ortiq tillosi bor kishi zakot berishi farz bo‘ladi;

3) pul yoki tijorat mollarining qiymati nisobga yetsa zakot berishi farz bo‘ladi;

4) bir kishining ozgina tillo, ozgina kumush, ozgina puli bo‘lsa, ularning barchasi qo‘shilganda nisobga yetsa zakot berish farz bo‘ladi;

5) ishlab chiqaruvchi korxonalarda ikki xil mol bo‘ladi. Birinchisi, xomashyolar. Ikkinchisi, tayyor bo‘lgan mahsulotlar. Zakot berish paytida ikkalasining qiymati hisobga olinadi. Lekin, zavod, fabrikalarning asbob-uskunalaridan zakot berilmaydi;

6) zakot farz bo‘lgan vaqtda uni ado etmagan bo‘lsa, necha yil o‘tsa ham zakoti zimmasidan soqit bo‘lmaydi;

7) hozirgi soliqlarni zakot hisoblasa bo‘ladimi, degan savol tug‘iladi. Islom ulamolari soliqlar hech qachon zakot o‘rniga o‘tmasligini ta’kidlashgan;

8) yashab turgan uy-joylari, iste’moldagi kiyimlari, minilib turadigan ulov, oziq-ovqat, pardoz buyumlari (agar tilla, kumushdan yasalmagan bo‘lsa), gavhar, marjon, yoqut, zumrad (agar sotish uchun saqlanmayotgan bo‘lsa) kasb-hunar asboblari kabi narsalardan zakot berilmaydi;

9) garovga qo‘ygan boyligi, madomiki, garovga olgan kishi qo‘lida ekan, undan zakot berish farz emas (Fatovoyi Olamgiriya);

10) qarzini bo‘yniga olmay yurgan qarzdor keyinchalik qarziga iqror bo‘lib ado etsa, haqdorning zimmasiga o‘tgan yillar uchun zakot berish vojib bo‘lmaydi. (Fatovoyi Olamgiriya);

11) qarzdor kishi agar zimmasidagi qarzini bersa, puli nisobdan kamayib qoladigan bo‘lsa, u kishiga zakot farz emas;

12) ijaraga berilgan bino, do‘kon va ulovlardan zakot berilmaydi. Balki, ulardan tushgan mablag‘ nisobga yetsa, zakot beriladi.

13) chorva mollari yarim yildan ko‘proq vaqt davomida yaylovda o‘tlatilsa va nisobga yetsa ulardan ham zakot beriladi. Tuyaning soni 5 ta bo‘lsa nisobga yetgan bo‘lib, undan zakot uchun bitta qo‘y beriladi. Qora molning soni 30 ta bo‘lsa nisobga yetgan bo‘lib, undan zakot uchun bitta bir yoshli buzoq beriladi. Qo‘y va echkining soni 40 ta bo‘lsa nisobga yetgan bo‘lib, undan zakot uchun bitta qo‘y yoki echki beriladi. Tijorat niyatida o‘yda boqilayotgan hayvonlarni soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar ularni puli hisoblanadi. Agar puli nisobga yetsa qirqdan biri zakot uchun beriladi.

Zakotni kimlarga berib bo‘lmaydi?

Zakotni nisob miqdoricha moli bo‘lgan boy kishiga, o‘zining ota-onasi, bobo-momosiga, o‘zining o‘g‘il-qizlariga va ularning farzandlariga, er-xotin bir-biriga berish mumkin emas. Zakotni gunoh va ma’siyatga, shuningdek, musulmonlarga zarar keltiradigan har qanday ishlarga sarflaydigan kimsalarga berilmaydi.

Kimlarga bergan afzal?

Ushbu savolga “Fatavoi hindiya” kitobida shunday javob berilgan: “Zakot va fitrni berishda eng afzali, avvalo, aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ng ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ng ularning farzandlari. Tog‘a-xolalar va ularning farzandlari so‘ng yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar. Ulardan keyin qo‘shnilar, kasbdoshlar, keyin hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqlidirlar.

“Bahrur roiq” kitobida: “Qarzi bor kishiga zakot berish faqirga zakot berishdan ko‘ra afzaldir”, deyilgan.

Eslatma: O‘MI Fatvo hay’ati tomonidan 2018 yilgi zakot nisobi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m etib belgilandi.

FIDYa

Foto: muslim.uz

Qarilik sababli umuman ro‘za tutishga yaramaydigan, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan keksalar va surunkali kasal bo‘lib, tuzalishiga umid bo‘lmagan bemorlarga shariatimiz ro‘za tutmasliklariga ruxsat beradi (“Bahrur roiq”).

Bular Ramazonning har bir kuni uchun fidya berishadi. Fidya miqdori O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati tomonidan milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun o‘rtacha 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m, deb belgilandi.
Ro‘za tutishga yaraydigan qariyalarga esa ro‘za tutish farz bo‘ladi. Ro‘za tutishga qodir bo‘la turib fidya bersa, ro‘za undan soqit bo‘lmaydi va fidyasi o‘z o‘rniga tushmaydi.

Ma’lum vaqtlardan keyin tuzaladigan kasallikka chalingan shaxslarga ro‘za tutish zarar qilsa, bularning ham ro‘za tutmasliklariga shariatimiz ruxsat beradi. Ammo bular fidya bermaydilar, chunki qachondir tuzalishlariga umid bor. Tuzalganlaridan keyin qazo bo‘lgan kunlarning ro‘zasini tutib beradilar.
Fidya beruvchilar xohlasalar, fidyalarining hammasini bir qilib, Ramazon oyining boshida yoki oxirida berishlari mumkin (“Fatovoyi Hindiya”).

Fidya zakot olishi mumkin bo‘lgan kishilarga beriladi. Agar ular fidya berishganidan keyin quvvatga to‘lib, ro‘za tutishga kuchlari yetadigan bo‘lib qolishsa, tutmagan ro‘zalarining qazosini tutishlari kerak (“Nihoya”).

FITR SADAQASI

Foto: muslim.uz

Fitr sadaqasi faqirlarga g‘amxo‘rlik, ularga hayit kunini xursandchilik bilan o‘tkazishlari uchun ko‘makdir, uni berganlar uchun esa, Ramazonda yo‘l qo‘yilgan ba’zi kamchiliklarga kafforatdir.

Fitr sadaqasi kumush nisobidagi, hojatidan ortiqcha molga ega musulmonga vojib bo‘ladi. Ana shu miqdordagi mulkka ega kishi fitr sadaqasini o‘zi va yosh bolalaridan berishi vojib. Balog‘atga yetgan farzandlari va xotini uchun fitr sadaqa berishi vojib emas. Agar balog‘atga yetgan farzandlari va ayoli uchun, ular aytishmasa ham, fitr sadaqasini bersa, ular zimmasidan fitr sadaqasi soqit bo‘ladi.

Fitr sadaqasining vojib bo‘lish vaqti hayit kuni tong otish paytidir. Shuning uchun, hayit kechasi tug‘ilgan chaqaloqdan ham fitr sadaqa berish vojib bo‘ladi. Homila va hayit kunidan oldin vafot etganlar uchun fitr sadaqasi vojib bo‘lmaydi.

Ibn Umar (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) fitr sadaqasini odamlar namozga chiqmasdan oldin berishni buyurdilar”. Ammo bu vaqtdan oldin, masalan, Ramazon kirishi bilan bersa ham bo‘ladi. Lekin namozga chiqishdan oldin berish mustahabdir. Fitr sadaqasi vojib bo‘lib, uni berolmay qolgan kishi zimmasidan soqit bo‘lmaydi.

Fitr sadaqasi bug‘doy, bug‘doy uni yoki yormasidan yo mayizdan yoki xurmo yo arpadan beriladi. Bug‘doy yo uning uni yoki yormasidan va mayizdan yarim so’ (taxminan 2 kg.), arpa va xurmodan bir so’dir. Mazkur narsalarning qiymatini ham bersa bo‘ladi.

Fitr sadaqasi zakotga haqdor bo‘lgan kishilarga beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Narkoz ostida zo‘rlangan bolalar: jarroh 20 yilga qamaldi

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!

Berlindan "uzoq masofali salom"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Tramp Netanyahuni ogohlantirdi

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Фарғона вилоятида қасддан танишини қайта-қайта босиб кетиб, ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчига суд ҳукми ўқилди.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, сифати кафолатланмаган ушбу дори воситаларининг умумий қиймати 5 млрд. 353 млн. сўмни ташкил этади.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Germaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashmoqda

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

“Ukraina NATO sammitida bo‘lmasa, Putin yutadi”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishi mumkin

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Fransiyada evtanaziya haqida qonun qabul qilindi

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Qamchiq” dovonida “Gentra” xandaqqa tushib ketdi

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.