Yurtimizda Ramazon hayitini nishonlash va hayit namozini o‘qish tartibi e’lon qilindi

A A A
Yurtimizda Ramazon hayitini nishonlash va hayit namozini o‘qish tartibi e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2020 yilgi Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida bayonot e’lon qildi.

– Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bo‘lgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har yili butun dunyo mo‘min-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz Iydul fitrni ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik ila nishonlaydilar.

Ramazon oyi davomida ado etilgan ibodatlar, ezgu amallar va mehr-saxovat ishlari evaziga mo‘min-musulmonlar juda katta ajr-savoblarga erishadilar, insha Alloh.

Ramazon oyida Alloh taolo farz qilgan ro‘za tutilib, diyorimiz bo‘ylab xatmi Qur’onlar qilindi. Yordamga muhtoj kishilar va kam ta’minlangan oilalarga xayru saxovatlar qilindi.

Barchaga ma’lumki, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin va bir qator cheklovlar joriy etildi.

Qat’iy karantin choralarini qo‘llash bilan mamlakatda kasallikning qayd etilgan holatlariga nisbatan ham, kunlik yangi holatlar ham past darajada saqlanib turibdi. Yurtimiz ushbu ofatdan ortiqcha talafotlarsiz chiqishga erishmoqda va vaziyat barqarorlashgani sari karantin choralari sekin-asta yumshatilmoqda. Lekin, butun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Bayon etilganlardan kelib chiqib, 2020 yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi, mo‘min-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosi va Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi o‘rniga uyda peshin namozini, besh vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda o‘qish haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegishlidir.

Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bo‘lib o‘qishning iloji bo‘lmaydi.

Bunday vaziyatda quyidagi oyat, hadis va shar’iy qoidalarda ko‘rsatilgan tavsiyalarga amal qilishga buyuriladi.

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday xitob qiladi: «O‘zingizni halokatga duchor qilmang» (Baqara surasi, 195-oyat).

Abu Sa’id Xuduriy raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Hazrati Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Zarar berish va zarar ko‘rish ham yo‘q» deganlar.

Mo‘’tabar fiqhiy kitoblarimizda: «Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga qo‘yiladi», degan qoida bor.

Yuqoridagi bayon etilganlardan kelib chiqib, shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Iyd namozi vojib amal bo‘lgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozi ado etish soqit bo‘ladi.

Mavjud vaziyat taqozosidan kelib chiqib, Ramazon hayiti namozi ado qilinmasa ham bayram kayfiyatini saqlab qolish uchun Hazrati Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bir sunnatlarini hayotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Abu Sa’id raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Iyd namozidan avval nafl namoz o‘qimasdilar. Qachon uylariga qaytsalar ikki rakat namoz o‘qirdilar» (Imom Ibn Moja rivoyati).

Hanafiy mazhabining mo‘’tabar fiqhiy manbalaridan biri bo‘lmish «Majma’ul anhur» kitobida shunday deyiladi:

«Ma’lum bo‘lsinki, hayit namozi Zuho (choshgoh) namozining o‘rniga qo‘yilgan. Qachonki, hayit namozi biror uzr sababli o‘qilmay qolsa, ikki yoki to‘rt rakat nafl namoz o‘qish mustahab bo‘ladi. To‘rt rakat o‘qigan afzal».

Bayon etilgan shar’iy dalil va hujjatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi karantin sharoitida Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni taqdim etadi:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi fatvosi asosida masjidlarda karantin davrida vaqtincha jamoat namozlari to‘xtatilganini inobatga olgan holda Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini o‘qish ham mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘ladi.

Yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin o‘z xonadonlarida to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.

2. Ulamolar va imom-xatiblar tomonidan bugungi vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazon hayiti har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayz-u baraka kirishi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda bo‘lishiga sabab ekani to‘g‘risida, ommaviy axborot vositalari, tele, radiokanallar, bosma va elektron nashrlarda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirilsin.

3. Hayit arafasida va bayram kunlari yoshi ulug‘ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlarimiz bilan bog‘liq an’analarimizni karantin talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish tavsiya etilsin.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkeng shahri va viloyatlarning markazlarida «Ramazon hayiti – xayru saxovat ayyomi», «Ramazon hayiti – xursandchilik mavsumi», «Iydul fitr – katta shodiyona» mazmunidagi yozuvlar peshlavhalari joylashtirilsin.

5. 2020 yil 24 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon hayiti tabrigi yurtimiz ahliga yetkazilsin. Ushbu tabrikdan so‘ng eng tabarruk ulamolar tomonidan Ramazon hayiti fazilatlari to‘g‘risida televideniya orqali intervyular tizimli ravishda davom ettirilsin.

6. Ramazon hayiti arafasida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, homiylarni jalb etgan holda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati keng qamrovli amalga oshirilsin.

7. Ramazon hayiti arafasida barcha telekanallar orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan ko‘rsatuvlar Media-rejasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari hamda xalqimiz orasida obro‘li diniy ulamolarimiz tomonidan tashkil qilinsin va keng yoritilsin.

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti qozisi, Toshkent shahar va viloyatlar bosh imom-xatiblari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali, «Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!» mavzusidagi ma’ruzalarni Ramazon hayiti kuni onlayn tarzda berib borish tashkil etilsin.

Aziz yurtdoshlar, Allohning rahmati va barakoti yog‘ilib turgan ushbu damda, qalbimiz yumshab, ixlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik. Xalqimizni, jonajon Vatanimizni ofat-u kulfatlardan, balo-yu qazolardan O‘zi saqlab, hayotimizni bundan-da farovon qilsin, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

Qoil! Marokash yetakchisi Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qabul qilmasligini ma’lum qildi

Марокаш терма жамоаси етакчиси Ашраф Хакими 2025 йилги Африка Миллатлар Кубоги якунлари бўйича топширилган совриндан воз кечди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Tramp Eron bilan sulh tuzilganini e’lon qilmoqchi

12-канал тарқатган хабарда айтилишича, АҚШ ва Эрон ўртасида якуний ва батафсил келишувларга эришилмаган тақдирда ҳам, бундай баёнот берилиши эҳтимолдан холи эмас.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qaysi davlatlar uchun ochganini aytdi

Reuters агентлигининг хабар беришича, аввалроқ Эрон расмийлари БМТ Хавфсизлик Кенгаши ва Халқаро денгиз ташкилотига тегишли билдиришнома юборган эди.

Eron yana bir bo‘g‘ozni yopib qo‘yish bilan tahdid qildi

Бу ҳақда Эрон оммавий ахборот воситалари ҳарбий манбага таяниб хабар беришди.

Zelenskiy: "AQSh Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdan chiqib ketishi evaziga xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi"

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Reuters агентлигига берган интервьюсида маълум қилди.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.