Yurtimizda ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar qaysi?

Yurtimizda ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar qaysi?

2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 49,5 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisiyenti 5,9 promilleni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikoh koeffisiyenti Xorazm (10,8 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,8 promille) Buxoro (6,9 promille) Surxondaryo (6,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikoh tuzish koeffisiyenti Jizzax (4,5 promille), Navoiy (4,7 promille) Namangan (4,7 promille) Qashqadaryo (5,1 promille) viloyatlarida kuzatildi.

2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffisiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffisiyenti Toshkent shahri (1,0 promille), Andijon (0,9 promille) Samarqand (0,8 promille) Toshkent (0,8 promille) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashganlar koeffisiyenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,3 promille), Jizzax (0,3 promille), Navoiy (0,3 promille) va Sirdaryo (0,3 promille) viloyatlarida kuzatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!