Yurtimiz bo‘ylab yana 147 kishida koronavirus aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab yana 147 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 16 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 162 (+147) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Bugun Toshkent shahrida 283 nafar, Toshkent viloyatida 62 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib, yurtimizda 45 474 (+416) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 279 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!