Yo‘qotilgan maktab shahodatnomasi dublikatini olish osonlashdi

Yo‘qotilgan maktab shahodatnomasi dublikatini olish osonlashdi

Joriy yil 1 iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratilgan. Bu haqda Yagona portal xabar bermoqda.

Yangi xizmat doirasida:

shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);
shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);
ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integrasiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi.
Qayd etilishicha, avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo‘qolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o‘zgargani haqida FHDYo bo‘limlaridan ma’lumotnoma.

Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqaro shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurgani aytiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!