Yunusobod tumanida Spark piyodani urib yubordi

Toshkentning Oloy ko‘chasida piyodani urib ketishdi, sabab yangi chiziqmi?
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Amir Temur shoh ko‘chasidagi yangi chiziqlar allaqachon ko‘plab yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘ldi. Bugun esa piyodani urib ketishiga ham aynan shu chiziq sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.
Joriy yilning 15-fevral kuni soat 20:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida 2005 yilda tug‘ilgan J.I. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda shifoxonaga olib ketilib birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.