Ertaga Samarqand shahrida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25 avgust kuni Samarqandga BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni «Samarqand» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov kutib oldi.
YUNESKO BMTning 17 ta ixtisoslashgan muassasalaridan biri bo‘lib, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda YUNESKOga 195 mamlakat a’zo. O‘zbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a’zo bo‘lgan.
O‘zbekiston bilan ushbu tashkilotning hamkorligi izchil rivojlanmoqda. Mamlakatimiz YUNESKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.
Samarqandda ertaga o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» musiqa festivali ham YUNESKO shafeligida tashkil etilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.