Yulduz Usmonova senzura, o‘zbek dvorniklari va olg‘ir rus estradasi haqida

A A A
Yulduz Usmonova senzura, o‘zbek dvorniklari va olg‘ir rus estradasi haqida

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘z yubileyiga bag‘ishlangan katta turnega tayyorlanmoqda. Konsert dasturlaridan biri 13 noyabrda Moskvada o‘tadi. San’atkor Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lg‘usi konsert dasturi, zamonaviy shou-biznesning chinakam ahvoli haqida so‘zladi.

— Noyabr oyi o‘rtasida Moskvaning eng yirik maydonlaridan birida konsert dasturingiz bo‘lib o‘tadi. Bo‘lg‘usi shou haqida so‘zlab bering? Yubiley dastur bilan yana qaysidir mamlakatda chiqish qilishni rejalashtiryapsizmi?

Moskva – ulkan turnega kiritilgan punktlardan biri, xolos. Shuningdek, Markaziy Osiyo va AQShda ham konsert dasturlarim rejalashtirilgan. O‘ylashimcha, bu juda yorqin tomosha bo‘ladi. Kuchli tayyorgarlik ketyapti, sababi jonli ijro fidoyilik va katta mahoratni talab etadi, aks holda, muvaffaqiyatsizlikka duch kelishingiz aniq.

Muxlislarim uchun yangi "Sanam-ey" taronamni ijro etaman. U hatto eski "xit" qo‘shiqlarimdan ham yaxshiroq, nazdimda. Umuman, konsert dasturi rang-barang bo‘ladi: eski ommabop qo‘shiqlardan tortib, endigina "tandirdan uzilgan" tarona va kompozisiyalar o‘rin olgan.

Chiqishlarimda nafaqat rus, balki o‘zbek, tojik va turk tillarida kuylayman. Xitoy tilida kuylamasligim mumkin (kuladi), chunki xitoyliklar konsertimga tushadi, deb o‘ylamayman, aytmoqchimanki, konsert til ko‘lamida ham keng miqyosli bo‘ladi.

Umuman, Rossiyadagi konsertlarimga muxlislar hamisha kutilganidan ortiq tashrif buyurishgan. Deylik, uch ming kishiga rejalashtirsak, 7-8 ming muxlis to‘plangan. Moskvada muxlislarim ko‘p.

— Rossiya Federasiyasida qaysi shahar sizga ko‘proq yoqadi?

Rossiyada ko‘p bo‘lmayman: oxirgi bor 2-3 yil oldin borganman. Meni u yerdagi katta bo‘lmasa-da, biroq ozoda shaharlar hayratlantirsa-da, lekin o‘zimning Toshkentim ko‘proq yoqadi.

— Sizni O‘zbekistonda, qolaversa chet elda ham, o‘zbek primadonnasi, sifatida tan olishadi. Rossiya primadonnasi Alla Pugacheva va sizni o‘rtangizda qanday farq bor?

— Alla Borisovna haqiqiy primadonna, biz uning qo‘shiqlarini tinglab, ulg‘ayganmiz va bu ajoyib. Lekin u bilan ijodlarimiz turfa-turfa: men ko‘proq xalq dardini kuylayman, muhabbatni tarannum etguvchi kuylarim repertuarimning asosiy qismini tashkil etmaydi. Madaniyatimizdan bexabar bo‘la turib, o‘zbek tilida qo‘shiq kuylashning iloji yzq. Biz Rossiya ham, AQSh ham emasmiz, hozircha buyuk derjavamasmiz, biz MDH davlatlaridan birimiz, xolos. Biz – O‘zbekistonmiz, shu bois, bu mamlakatda kuylash uchun xalqni his etish, ya’ni bundagi changalzorlarni yaxshi bilish lozim.

— Siz ko‘p marotaba boshqa davlat artistlari bilan duet ijro etgansiz. Rossiyalik yulduzlar bilan ham birgalikda chiqish qilish yoki klip suratga olish rejangizda bormi?

Rossiyalik san’atkorlar bilan duet kuylash haqida o‘ylab ko‘rmaganman. Tojikistonlik xonanda – Shabnami Surayyo bilan – u mening shogirdim bo‘lgani bois, duet kuyladim. Shabnam juda yaxshi qiz. Kunlarning birida, u menikida mehmon bo‘ldi, gap-gap bilan tojik tilida duet kuylashga qaror qildik. Umuman, Turkiya va butun dunyo bo‘ylab kuylaganman, ammo bu o‘sha vaqt talabi edi – men bozorlarni zabt etishim, yangi albomlar chiqarishim kerak edi.

Rossiya estradasi vakillari orasida do‘stlarim ko‘p, lekin men ularni yaqin, deb ayta olmayman. Sababi, ijodga bo‘lgan yondashuvimiz tubdan farq qiladi.

E’tibor bering, rossiyalik yulduzlar boshqa tilda kamdan-kam kuylaydilar, xuddi nemislar singari. Chunki ular uchun o‘zlarining ulkan bozori yetarli hisoblanadi. Men uchun esa mahalliy bozor torlik qiladi. Boshqa tillarda kuylamasam, portlab ketsam kerak. To‘g‘ri, men ham ommalashgan taronalarimni kuylab, umrim oxirigacha osongina pul ishlashim ham mumkin, lekin men bunday qiladigan insonmasman – men tinimsiz ishlashim kerak.

— Siz tinim bilmaysiz, yangi formatlarni qidirasiz, turli tillarda kuylaysiz. Sizning nazdingizda, o‘zbek auditoriyasi qanchalik internasional? Rusiyzabon musiqalar unga qiziqmi yoki yaqin kelajakda O‘zbekistonda ingliz tilidagi kompozisiyalar avj oladimi?

— Biz hech qachon ingliz yoki rusiyzabon bo‘lmaymiz. Rossiyalik yulduzlar Toshkentda konsert qo‘yganlarida, viloyatlardan sanoqli muxlislar keladi, ya’ni faqatgina puli borlar kelishi mumkin. U ham ko‘proq o‘zni ko‘rsatish uchun qilinadi.

Bizning yoshlarimiz kun bo‘yi chet el san’atkorlarni tinglaydi, deb aytolmayman. Bozorimiz shunaqa. Ja bo‘lmaganda, juda yaxshi ijroda sotish kerak. Umuman olganda, o‘zbekistonliklar o‘zinikini, milliy taronalarni qadrlashadi. Repertuarimda ko‘p tillarda kuylangan taronalar bor, lekin men bunga ko‘pam ruju qo‘ymayman. Misol uchun, men yozgan "Ona" ("Mama") taronasi butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi, kimlar uni kuylamadi deysiz? Men bundan juda xursandman, axir ona baribir onada, u millat tanlarmidi?

O‘ylashimcha, har qanday taqdirda ham, fuqarolarimiz kamida uchta tilni bilishlari shart. Bu yerda gap kim qaysi madaniyatni xush ko‘rishidamas – hayot shuni taqazo etmoqda. Men, misol uchun, Ittifoq farzandiman, rus tilini bilganim – oilamizda yarmimiz rus maktabda, qolgan yarmimiz o‘zbek maktabida tahsil olganmiz. Lekin bu bizga o‘z an’analarimizni saqlab qolishimizga halal bermagan. Biz qanchamiz hozir? 40 million bu nima degani? Axir bu 150 yoki 200 million, yoki bir yarim milliard degani emas. Biz ko‘proq tilni o‘rganishga majburmiz. Rus tilini esa ona tilidek bilishimiz lozim.

Biz Rossiya bilan deyarli qo‘shnimiz, Rossiya buyuk derjava, og‘a-davlat. Xudo ko‘rsatmasin, nimadir ro‘y bersa, birinchi bo‘lib u yordamga keladi. Amerika, albatta, yaxshi, men uni hurmat qilaman. Amerika zabt etganlarning hammasi yaxshi yashamoqda. Lekin ular okean ortida. Biz esa Rossiya biqinidamiz, u bilanmiz va hamisha shunday bo‘lib qoladi. Biz rus tilini bilishimiz kerak.

— Artistlar lisenziyasiga doir mavzuga to‘xtalsak. Ko‘pchilik cheklovlar va hatto senzura borligidan norozi. Bu masalada fikringiz qiziq?

— Lisenziyalash tizimi deputat bo‘lgan yillarimda, shaxsan meni tashabbusim bilan joriy etilgan. Bunga qadar artistlar uchun soliqlar 50%dan ortiqni tashkil etardi. Bu nihoyatda ko‘p edi. Lisenziya – bu sahnaviy faoliyat uchun patent degandek bir gap. Bu yerda ovoz bor-yo‘qligi boshqa masala va u lisenziyaga bog‘liqmas.

Estradani qobiliyatsiz va noprofessional artistlardan tozalash uchun ma’lum ma’noda senzura ishlashi kerak. Deylik, artistlar tilni rasvo qilmasliklari uchun. Bu singari ma’lum cheklovlar har qanday davlatda bor. Senzura bo‘lgan vaqtda, hammasi joyida edi. Bizda hozir nafaqat til, balki urf-odatlar ham buzilgan: masalan, yoshlar avtobusda joy bermay qo‘yishgan.

Men to‘liq ta’qiqqa chorlayotganim yo‘q. Masalan, sal oldin lisenziyasi olib qo‘yilgan qator san’atkorlarga lisenziyalari qaytarildi. Bunda mening ham salmoqli hissam bor. Kuylayverishsin, dunyo keng. Lekin unutishmasin, endi ishlash kerak, aks holda tomoshabin kechirmaydi.

— U holda estradagi didsizlik bilan qanday kurashmoq kerak? Yoki san’at va tomoshabinning o‘zi past saviyali artistlarni "nazardan qoldiradimi"?

— Estradada ishlar juda yomon. Meni fikrimcha, birinchi navbatda konservatoriyadagi estrada bo‘limini yo‘qotish kerak – bu kulgili axir - popsa to‘g‘risida ta’lim berish! Jaz fakulteti bo‘lsin, mayli, tushunaman – jaz - bu klassika! Popsa bu o‘z nomi bilan popsa-ku.

Professional chiqish qilish uchun o‘qish kerak, notalarni bilish kerak, notalarni o‘qiy olish kerak. Hozir esa ko‘plab artistlar sahnada o‘z tashqi ko‘rinishi, "okaxonlari" va pullari tufayli kirib kelmoqda. To‘g‘ri, bu borada qarashlarim o‘ta keskin, men hech kimni ayamayman, sababi, ahvol juda yomonligini ko‘rib turibman.

Ishni musiqa maktablaridan boshlash kerak. Musiqa maktablari ishlashi kerak. Qanday qilib tegishli ma’lumoti yo‘q odamni ishga olish mumkin?

Men tug‘ma talantman. Musiqa texnikumida ikki yil o‘qib, keyin oilaviy sharoit tufayli tashlab ketishga majbur bo‘ldim. Vaqt o‘tib, konservatoriya kurslarida tahsil oldim. Musiqa texnikumida o‘qigan kezlarimda xalq artisti Tamara xonim va Gavhar xonim Rahimovalarnikida yashaganman. Saodat Qobulovadan ta’lim olganman. Shundan keyingina "Maqom"ga keldim.

Bugun xalq artisti kim? Karimov davrida hamma "xizmat ko‘rsatgan"ni oldi. Ikkita qo‘shiq kuylab, Turkiyada qayiqda suzib keldi klip uchun – tamom, u yulduz, chet elda uni hamma taniydi. Xalqning o‘zi bugun "krutoy", uni alday olmaysiz, ishlash kerak. Omma o‘ziga e’tibor va hurmat talab qiladi.

Biz arzon artist emasmiz, yaxshi yashaymiz. Shu uchun, ha deb to‘ylar uchun qo‘shiq yozish bilan band bo‘lmasdan, har bir topgan so‘mni oqlashimiz kerak. To‘g‘ri kelgan joyda qanday yulduz ekaningni isbotlash o‘rniga, xalq dardini kuyla, uni chin yurakdan sev. Meni oyog‘im yerdan uzilgan emas, men ishlaydiganlarni hurmat qilaman. Sahnaga chiqishdan avval mehnat qil, o‘zingni qiyna, o‘qi. Musiqa – bu mehnat, musiqa – bu birinchi navbatda hissiyot.

Alla Borisovnani olaylik – u osmondan yulduz bo‘lib tushgan emas. To‘g‘ri, u Xudo nazari tushgan inson, lekin u ham o‘qigan, u vokalchi, unda diplom bor. U qayerda soxtalikka yo‘l qo‘yilyapti, qayerda nima o‘xshamagan, darhol payqaydi. U notalarni yozishni biladi, axir.

Senzura hammaga bir tekis mikrofon berishi kerak emas. Lisenziyani hamma sotib olishi mumkin, lekin hamma ham qo‘shiq kuylolmaydi. Marhamat, barlarda, restoranlarda kuylashsin, sahnaga chiqmoqchi bo‘lishsa agar – oldin ta’lim olishsin, shunga munosibligini isbotlashsin.

— Yaqinda xonanda Ozoda Nursaidova sizdan kechirim so‘radi. Kechirdingizmi?

— Nima uchun kechirishim kerak? U nima uchun kechirim so‘rayapti? Men, misol uchun, unga hech narsa qilmaganman, u mendan kechirim so‘rashi uchun. Unday davrlar o‘tdi. Bilasizmi, janjalkash artistlar turi bor, ular "sariq matbuot" orqali o‘zlarini piar qilishni xohlashadi. Xo‘sh, o‘sha "sariq matbuot" bugun ularni boqmayaptimi? Endi ular nimanidir o‘zgartirishga urinyapti. Meni kimdandir xafa bo‘lish nari tursin, hatto, nevaralarim bilan uchrashishga vaqtim yo‘q. Mehnat qilish kerak, tamom.

— Rossiyada bugun yosh ijrochilar, talantlar uchun turli musiqiy loyihalar bisyor. Bu kabi shoularga qanday munosabatdasiz? Artistlarni yetishtiradigan bu singari shoular O‘zbekistonga kerakmi?

— Ishonchim komilki, siz aytayotgan loyihalar iste’dodlarni kashf qilishga yordam bermaydi. Ular tayyor qo‘shiqchi, raqqos, fokuschi va shu kabilarni izlashadi. Topib, pullashadi. Sevara Nazarxonni nima qilishdi? U bu yerda ajabtovur ishlab turgandi. Olishdi, ishlatishdi, uloqtirishdi. Nargiz Zokirovani olaylik – unga Fadeev bilan janjallashish mumkinmas, aks holda Fadeev mikrofonni olib qo‘yadi. Men Rossiyani hurmat qilaman, lekin rus estradasi haddan ziyod olg‘ir – u odamlardan shafqatsizlarcha foydalanadi va uloqtiradi.

Meni fikrimcha, bu kabi loyihalarning san’atga hech qanday aloqasi yo‘q. Ular iste’dodlarni izlashadi. Maktab beradilarmi? Bu iste’dodlarga rivojlanishga imkon yaratadilarmi? Yo‘q. Ular kimni o‘qitdi yoki tarbiyaladi?

Esingizda bo‘lsa, ilgarilari "Allo, biz talantlarni qidiryapmiz" dasturi bo‘lardi. U yerda nafaqat iste’dodlarni izlardilar, balki ularning kelajagini ham belgilab berishardi. Mana bular, deylik, Moiseevning raqs maktabiga borsin. Mana bu qo‘shiqchi bo‘ladi, bunisi yaxshi musiqachi. Ana undan esa zo‘r shoumen chiqadi. Ular to‘g‘ri yo‘nalish berardi. Hozir unday emas – maqsad faqat pul ishlash.

— Kattagina oilangiz bor – besh nafar nabiraning buvisisiz. Ular bilan qanday o‘tkazasiz vaqtni?

— To‘g‘risini aytsam, nabiralarimga vaqt ajrata olmayman. Men hamisha ularni sog‘inaman, ba’zan qo‘ng‘iroq qilib, "Nega kelmaysizlar?", desam, "Siz o‘zingiz doim bandsiz-ku. Biz bilan ko‘rishishga vaqtingiz yo‘q", deb javob berishadi. Ba’zan uyga yarim soatga kelib-ketishadi. Birga choy ichib, darrov xayrlashamiz.

Qizim Nilufar – yetakchi xonandalardan biri, lekin farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishga ham vaqt topadi. U yaxshi ona. Nabiralarim orasida kimdir til o‘rganadi, kimdir Qur’on yod oladi, xullas hammasi ertayu-kech band. Shu bois, o‘zimiz xohlaganimizdek, tez-tez diydorlasha olmaymiz.

— Nabiralaringiz orasida san’atga qiziqayotgani bormi?

— Yo‘q, ular umuman kelajagini sahna bilan bog‘lashni istamaydilar. O‘g‘il bolalar ayniqsa. Qizlar esa hali kichik, shu bois bir narsa deyish qiyin.

— Sizning ijodiy taqdiringiz murakkab juda. Bir nechta davlatda yashadingiz, ancha vaqt Vatanda chiqish qilmadingiz. Tomoshabinlar qalbini zabt etmoqchi bo‘lgan yosh artistlarga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

— Men uzoq vaqt Turkiya va Yevropada yashadim – ularning madaniyati va urf-odatlarini anglash, qo‘shiq yozish uchun til o‘rgandim. Shu vaqt oralig‘ida bir narsani angladim, hamma joyda xalqi qadrlaydigan insonnigina hurmat qilishar ekan.

Sen o‘zing haqingda nimaiki gapirma, xalqning sen haqingdagi fikri muhimroq ekan. Xalq mehrini esa qozonish kerak. Inson eng avvalo o‘z Vatanini sevishi kerak, shundagina uning ijodi ham yurishadi. O‘z xalqingdan or qilish yaramaydi.

Rossiyaga, Moskvaga borganimda, mendan: "Mana o‘zbeklar bizda ko‘cha supurishadi – shular ham sizning muxlisingizda, ha?", deya so‘rashardi. Ularga ochiq aytardim: "Ha, ular ham mening muxlislarim. Ular o‘g‘rilik qilmaydi, odam o‘ldirmaydi, birovni tahqirlamaydi, tilamchilik qilmaydi – ular halol mehnat qiladi". Millatimiz o‘ziga xosligi bu. Men esa shu millatning bir tomchisiman, shu millat farzandiman.

Biz hammadan oliftaroq bo‘la olamiz. Men moda ortidan quvmayman, men moda yarataman, bu biz – o‘zbeklarmiz. Va men o‘zbek ekanligimdan faxrlanaman.

— O‘zingizga nisbatan qay darajada qattiqqo‘l va talabchansiz?

— Men o‘zimga nisbatan shafqatsizman, ba’zan bu razillikkacha borishi mumkin. Men nafaqat boshqalarga, balki birinchi navbatda o‘zimga haqiqatni gapiraman. Ba’zan o‘zimga chuqur azob beraman, aks holda bu maydonda qolish osonmas. Hech kim meni boshimni silamaydi. O‘zni sevish kerak emas, ko‘zguga qarab: "Oh, naqadar go‘zalman", deb o‘tiraverish bo‘lmaydi. "Naqadar tasqaraman, hech narsa qo‘limdan kelmaydi", deyish kerak. Mana shu gapni o‘ziga ayta olgan insongina o‘zida go‘zallik yarata oladi. Aybdorlarni izlashdan foyda yo‘q. Hayot – shafqatsiz.

- Bizning o‘quvchilarimiz va o‘z muxlislaringizga tilaklaringiz?

- Barchaga iqbol tilayman, sizlarni sevaman, muhabbatim ijodim singari hamisha Siz bilan birga!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytildi

“Манчестер Сити” клуби ярим ҳимоячиси Тижани Рейндерс жамоа бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг кутилмаганда истеъфога чиққани ва бу қарорнинг ортида турган асл сабаблар ҳақида гапирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.