Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga dinimizning munosabati qanday?

A A A
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya  qilishga dinimizning munosabati qanday?

— Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari yaqin tariximizda insonlar tomonidan o‘ylab topilgani ma’lum. Unga rioya qilishga Dinimizning munosabati qanday?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Muborak dinimiz ko‘rsatmalari inson hayotining hamma jihatini o‘z ichiga qamrab oladi va uning shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini belgilab beradi. Islom shariati insonning hayoti va mol-mulkini muhofaza qilish maqsadida odam bolasini aziz va mukarram deb e’lon qilgan. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deb marhamat qiladi:

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آَدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا

ya’ni: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik” (Isro surasi 70-oyat).

Inson zotiga turli xil ulovlarning bo‘ysundirilishi, harakatlanishi uchun qulay imkoniyatlar qilingani, keyingi asrlarda yangi-yangi transport vositalarining kashf etilishi – Alloh taolo tomonidan bandasiga ato etilgan ulug‘ ne’matlardir. Bu haqda Alloh taolo O‘z kalomida shunday marhamat qiladi:

وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَىٰ بَلَدٍ لَّمْ تَكُونُوا بَالِغِيهِ إِلَّا بِشِقِّ الْأَنفُسِ ۚ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ (7 ) وَالْخَيْلَ وَالْبِغَالَ وَالْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً ۚ وَيَخْلُقُ مَا لَا تَعْلَمُونَ (8)

ya’ni: “Shuningdek, ular (mazkur hayvonlar) sizlar jonlaringizni qiynab yetadigan yurtlarga yuklaringizni ko‘tarib borur. Albatta, Rabbingiz mehribon va rahmlidir. U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana, sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur” (Nahl surasi 7, 8-oyatlar).

Islom shariati yo‘l harakati qoidalariga – ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va unga rioya qilishga buyuradi. Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish shariatning quyidagi uchta maqsadlariga yetishga xizmat qiladi:

  1. Hayotni saqlash.
  2. Avlodni saqlash.
  3. Mulkni saqlash.

Transport vositasini boshqarishda musulmonlar rioya etishlari lozim bo‘lgan ko‘plab sunnatlar va odoblar mavjud. Eng muhim vazifa – inson ulovda yurganida o‘zi va o‘zgalarni xatarga qo‘ymasligi, piyodalar, yo‘lovchilar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf solmasligi kerak. Buning uchun esa yo‘l harakati ishtirokchilarining barchasi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Qoidani buzish – boshqa bir yo‘l harakati ishtirokchisi haqqini poymol qilish va unga zulm qilish hisoblanadi.

Islomning asos qoidalaridan biri hisoblangan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deganlar:

لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ (رواه الامام ابن ماجه عن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه)

ya’ni:(Islomda) Zarar ko‘rish ham zarar berish ham yo‘q(Imom Bayhaqiy, 133-hadis). Ushbu shar’iy qoidaga ko‘ra haydovchi o‘zgalarning joni, moliga yetkazgan zarari uchun javobgar bo‘ladi. Faqat haydovchiga bog‘liq bo‘lmagan, uning aybi yo‘q holatlar – bundan mustasno hisoblanadi.

Islom Fiqhi Akademiyasi va Saudiya Arabistoni podshohligining ilmiy bahslar va fatvo berish bo‘yicha doimiy qo‘mitasi kabi fatvo idoralari va jumhur ulamolar yo‘l harakati qoidalariga amal qilish – vojib ekani haqida xulosa berganlar. Demak, yuqoridagi sabablarga ko‘ra yo‘l qoidalariga amal qilishning lozimligi hamda uni buzganlarga moliyaviy jazolar qo‘llash joizligi kelib chiqadi.

Har bir musulmon haydovchi o‘zining beparvoligi, ma’suliyatsizligi, avtotransportga xizmat ko‘rsatish va yo‘l harakati tartib-qoidalariga rioya etmaslik oqibatida baxtsiz hodisa ro‘y bersa, amaldagi qonunlar asosida javob berishi, shariat nuqtai-nazaridan esa gunohkor bo‘lishi va Qiyomat kunida Alloh taoloning huzurida ham javob berishini unutmasligi lozim. Qur’oni Karimda “Sizga qanday yaxshilik yetsa, u Allohdandir. Sizga qanday noxushlik yetsa, u o‘zingizdandir....”, – deyilgan (Niso surasi 79-oyat).

Ta’kidlash joizki, ayrim mutaassib shaxslar: “Yo‘l harakati qoidalari Qur’oni karimda ham, sunnatda ham vorid bo‘lmagan, u islom shariatidan tashqaridagi narsa, demak, unga amal qilmasa ham bo‘laveradi” degan o‘ta xatarli “fatvo”larni bermoqdalar. Ba’zi musulmonlarning bu kabi nayranglarga uchishi oqibatida bugungi kunda yo‘ldagi tartibsizliklar, dilxiraliklar va yo‘l-transport hodisalari ro‘y bermoqda. Aslida esa yo‘lda harakatlanishda qoidalarga rioya etish, odob va madaniyat borasida musulmonlar peshqadam bo‘lishlari lozim.

Yo‘llardagi baxtsiz hodisalarning aksariyati tezlikni oshirish va qarama-qarshi yo‘lga chiqish oqibatida sodir bo‘lmoqda. Buning sababi, birinchi navbatda shoshqaloqlikdir. Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam har bir ishda sahobalarni shoshqaloqlikdan qaytarib kelganlar va hadisi shariflaridan birida:

التَّأنِّي من اللهِ والعجَلَةُ من الشيطانِ (رواه البيهقي في "السنن الكبرى")

ya’ni: “Bosiqlik – Allohdan, shoshqaloqlik – shaytondandir”, deganlar (Imom Bayhaqiy, 20280-hadis).

Shuningdek, yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, yo‘lovchi olish, harakatni to‘sib gaplashib turish yoki transport vositasini yo‘lning o‘rtasida qoldirib ketish ham shariat man etgan amallardan hisoblanadi. Sahl ibn Muoz o‘z otasidan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Bu jonivorlarni yaroqli holida mininglar va yaroqli holida tark etinglar. Ularni yo‘l va bozorlarda gaplashish uchun kursilar qilib olmanglar”, deganlar (Imom Hokim, 444-hadis).

Abu Sirmadan rivoyat qilingan hadisi sharifda Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Kim zarar yetkazsa, Alloh unga zarar yetkazadi. Kim mashaqqat tug‘dirsa, Alloh uni mashaqqatga qo‘yadi”, – deganlar (Imom Abu Dovud, 3635-hadis).

Insonning hayoti va sog‘lig‘i Alloh taolo tomonidan vaqtincha berilgan. O‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazgan odam ushbu qilmishi uchun Yaratgan oldida javob beradi. Haydovchi va piyodalar transport yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi, avvalo o‘z hayotlarini, qolaversa boshqa insonlarni ham xavf ostiga qo‘yadi. Alloh taolo Qur’oni karimda insonlarni o‘z jonlarini tahlikaga solishdan qaytargan:

وَلَا تُلْقُوا بِأَيْدِيكُمْ إِلَى التَّهْلُكَةِ

ya’ni: “O‘zingizni halokatga tashlamang” (Baqara surasi 195-oyat).

Tezlikni cheklashda asosan haydovchi va yo‘lovchilarning hayotini saqlash nazarda tutiladi. Haydovchining bu cheklovni buzishi o‘zining va boshqalarning hayotini xatarga qo‘yish bo‘ladi. Shu bois qator fatvo markazlari va ulamolar, jumladan, Saudiya Arabistoni muftiyati ruxsat etilgan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan bo‘ladi, deb fatvo bergan.

Ta’kidlash joizki, aksariyat yo‘l-transport hodisalari mast holda transport vositasini boshqarish sababli yuz beradi. Mast holda rulga o‘tirish amaldagi qonunlarni qo‘pol ravishda buzish, islomda esa og‘ir gunoh hisoblanadi. Asl qoida – transport vositasi haydovchisi harakat davomida mashinasi bilan sodir qiladigan har bir hodisaga mas’uldir. Haydovchi mashinaning oldi, orqasi va yon tomonlari bilan yetkazgan zararga zomin (javobgar) bo‘ladi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan haddan oshib o‘zgaga zarar yetkazsa, javobgar bo‘ladi. Chunki islom shariatida haddan oshuvchi doimo javobgar hisoblanadi.

Haydovchi o‘zining, yo‘lovchilarning hamda boshqalarning xavfsizligiga
va salomatligiga ham mas’ul hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan uning yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilishi Islom shariatida vojib hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan kishiga transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas. Chunki u mazkur qoidalarni buzish orqali birovlarning haqlarini poymol qiladi, o‘zining ham, boshqaning ham hayotini xavf ostiga qo‘yadi hamda omma xalq manfaatlarini ko‘zlab joriy qilingan nizomga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa – Islom shariatiga mutlaqo ziddir.

Imom Muslim Abu Bakra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Musulmon agar bir musulmon birodariga qurol o‘qtalsa, to uni tushirmaguncha farishtalar unga la’nat aytadi”, deganlar (Imom Muslim, 2616-hadis). Zamonamiz ulamolari temir transport vositasini belgilangan qoidalarga xilof ravishda haydab kishilarning hayotiga tahdid solayotgan haydovchi ham ushbu hadisi sharifga muvofiq farishtalar la’natiga duchor bo‘ladi, deydilar.

Ayrim holatlarda zaruratsiz signal chalish, ovoz chiqaradigan vositalarni baland qo‘yish bilan o‘zgalarga ozor berish hamda qorong‘i vaqtda ko‘zni qamashtiradigan taqiqlangan yoritgichlarni yoqib yurish holatlari kuzatiladi. “Qo‘li va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi – (komil) musulmondir” deyilgan (Imom Buxoriy, 6484-hadis) hadisga ko‘ra bunday harakatlar dinimizda qaytarilgan amal hisoblanadi.

Transport vositasini yo‘l yurishga to‘liq javob beradigan darajada yaroqli bo‘lishi ham dinimiz talablaridan sanaladi. Shu bois haydovchi transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirishi va yo‘lga to‘la-to‘kis tayyorlashi kerak. Fiqhiy qoidaga ko‘ra, “Vojib usiz mukammal bo‘lmaydigan ish ham – vojibdir”. Demak, transport vositasini haydash joiz bo‘lishi uchun ushbu texnika yo‘lga to‘la yaroqli bo‘lishi lozim. Transport vositalarining texnik holati va jihozlari me’yoriy talablarga to‘la muvofiq bo‘lishi kerak. Aks holda – transport vositasini haydash shar’an mumkin bo‘lmaydi. Shu jumladan, foydani ko‘zlab yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasini belgilangan vazndan ortiq yuklash ham yo‘l harakati xavfsizligiga, demak, insonlarning hayotiga tahdid solishi sababli shar’an joiz emas.

Islomda naqliyot vositalariga alohida e’tibor beriladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘sha vaqtda miniladigan barcha ulovlardan yaroqli holda foydalanishga, yaxshi parvarish qilishga buyurganlar. Transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lishi lozim bo‘lganidek, uni haydovchi shaxs ham uni haydashga layoqatli bo‘lishi shar’an vojib. Ya’ni haydovchi o‘zi minmoqchi bo‘lgan transport vositasini haydashga ayni vaqtda aqlan va jismonan layoqatli bo‘lishi hamda kerakli bilim va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Aks holda, u o‘zining ham, boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yishi muqarrar. Bu esa shar’an harom hisoblanadi. Shuning uchun, haydovchi shaxsning transport vositasini bezarar, o‘ziga ham, boshqalarga zarar keltirmay boshqarishiga to‘la ishonchi bo‘lmasa, ayniqsa, mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas.

Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, baxtsiz hodisalarda eng ko‘p aybdorlar yosh haydovchilardir. Ularning uquvsizligi va tajribasizligi borasidagi Alloh taoloning huzuridagi mas’uliyat – haydovchilarning o‘qitish tizimidagi mas’ullarning zimmasidadir. Ular haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha zimmalaridagi vazifalarini vijdonan bajarishlari, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan o‘quvchilarga haydovchilik guvohnomasini bermasliklari lozim. Aks holda malakasiz haydovchining sodir etayotgan yo‘lbuzarliklariga bu dunyoda ham, Qiyomatda ham tegishli tarzda javobgar bo‘ladilar. Hadisda ta’kidlangan: “Barchangiz qo‘l ostingdagilarga mas’ulsizlar” (Imom Buxoriy, 2409-hadis).

Shuningdek, piyodalar ham yo‘l harakatida o‘z hayotlarini xatarga qo‘ymasliklari talab etiladi. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, faqat ular bo‘lmagandagina ehtiyotlik bilan yo‘l yoqasidan yurishlari, yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak. Ushbu qoidalarni buzish insonning bila turib o‘z hayotini xatarga qo‘yishi hisoblanib, bunday ish qilgan musulmon shariat nuqtai nazaridan gunohkor bo‘ladi.

Yo‘l odoblaridan muhimlari – o‘zaro iltifot ko‘rsatish va hurmat bilan munosabatda bo‘lish hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)...” deb ta’kidlagan (An’om surasi 160-oyat).

Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

- dunyodagi aksariyat fatvo uyushmalari va islom ulamolari xulosasiga muvofiq, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shar’an vojib amal hisoblanadi. Zero, mazkur qoidalar shariatimiz ta’limotlariga to‘g‘ri keladi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e’tiqodan va qunt bilan amal qilishlari kerak;

- ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar’iy jihatdan haddidan oshgan va o‘z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.

- yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo‘lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas;

- yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas;

- transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lmagan holatda undan foydalanish shar’an man etiladi;

- yo‘l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo‘l harakati ishtirokchilari o‘zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo‘pol so‘z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.

Musulmon kishini yo‘l harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilishi kuzatuv kameralari yoki yo‘l harakati havfsizligi bo‘linmalari xodimlari nazorat qilayotgani uchun emas, balki amaldagi yo‘l harakati qonun-qoidalariga amal qilish – Islom shariatining talabi deb e’tiqod qilgan holda bajarishi kerak. Shunda yo‘lda yurish ham ibodatga aylanadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

Isroil Rossiyani Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishdan tiyilishga chaqirdi

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortiladi

Маданият вазири коррупция ва мансаб ваколатини суиистеъмол қилишда айбланиб судланади.

Mahmud Muradov: "Taxminan 700 ming AQSh dollari minusga kirdim"

Muradov Professional League ММА ташкилоти нима учун мусобақалар ташкил қилмаётганининг сабаби ҳам айтилди.

Yuragi urib turgan bemor o‘lganga chiqarildi va uning ichki a’zolaridan foydalanishdi

Органларни харид қилиш ташкилотлари шифокорларни беморларга ўлимни тезлаштирадиган дориларни юборишга ундамоқда.

Ayrim maktablarda qizlarga yubka kiyish taqiqlandi. Ota-onalar norozi!

Таълим вазирлиги ота-оналарнинг шикоятларига жавоб берди.

Hindiston o‘z talabalariga O‘zbekistondagi universitetda o‘qishni taqiqladi

Душанба куни Ҳиндистон Тиббиёт Кенгаши (NMC) тиббиёт йўналишидаги абитуриентларга Марказий Америкадаги учта ва Ўзбекистоннинг бир тиббиёт университетига бакалавриат даражасида тиббий таълим олишдан қатъий тийилишни қатъий тавсия қилди.

Yaqin oylarda Ukraina yangi prezidentga ega bo‘ladi

Зеленский ўз лавозимидан "зўрлик билан" четлаштирилиши мумкинлигини айтди

Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi

Сўнгра беморнинг ҳаёти ва соғлиғини хавф остига қўйиб, бирор-бир тиббий кўрсатма бўлмагани ҳолда унинг “чап оёқ сон соҳасини ампутация қилиш” режасини ишлаб чиққан.

Evropa nega Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalarni Isroilga ham joriy etmayapti?

Мерц Европа нега Россияга қўллаётган санкцияларни Исроилга ҳам жорий этмаётганини тушунтирди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Rossiya Isroil qaroriga salbiy munosabat bildirdi

23 июль куни Исроил Кнессети Исроил суверенитетини Иордан дарёсининг ғарбий соҳилидаги ҳудудга кенгайтириш тўғрисидаги декларацияни қабул қилган эди.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

AQSh Kongressi vakili Zelenskiyni haydashni talab qildi

АҚШ Конгресси вакили Украинадаги кенг кўламли норозиликларни қўллаб-қувватлади

Tehron Isroil bilan yangi urushga tayyor — Eron prezidenti

Президент Исроил билан 12 кунлик тўқнашувдан сўнг эълон қилинган сулҳга ортиқ ишонмаслигини билдирди

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

AQSh Garvard universitetining chet ellik talabalar uchun vizaga homiylik qilish vakolati ustidan tergov boshladi

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

G‘azoda ochlik xavfi: 100 dan ortiq insonparvarlik tashkiloti ogohlantirdi

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Ukrainada korrupsiyaga qarshi organlar vakolatlari cheklanishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

G‘azoda Isroil hujumi oqibatida 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Er tezroq aylana boshladi – tadqiqot

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Qibrayda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Rossiya radikal kanallarga obuna bo‘lgan xorijlik fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Isroil mudofaa kuchlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azoda HAMASga tegishli o‘nlab manzillarni yo‘q qildi

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Erdo‘g‘an: G‘azodagi genosidga sukut qilish – jinoyatga sheriklikdir

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Исроил мудофаа кучлари сўнгги 24 соат ичида Ғазода ҲАМАСга тегишли ўнлаб манзилларни йўқ қилди

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Эрдўған: Ғазодаги геноцидга сукут қилиш – жиноятга шерикликдир

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Трамп: Обама ва демократлар Россиянинг 2016 йилги сайловларга аралашуви ҳақидаги ишни сохталаштирган

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

Ўзбекистонда ёзги электр истеъмоли қишки кўрсаткичдан ҳам ошиб кетди

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

ДХХ: 22 кг.дан ортиқ гиёҳвандлик воситалари мусодара қилинди

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Техасдаги тошқиндан сўнг йўқолганларнинг аксарияти топилди

Бу ҳақда CNN телеканали маҳаллий ҳокимиятга таяниб хабар берди.

Суриянинг Ас-Сувейда вилоятидаги тўқнашувларда 426 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Сурия Инсон ҳуқуқлари тармоғи (SNHR) ўз ҳисоботида маълум қилди.

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида очлик ва кам овқатланишдан 18 киши вафот этди

Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлигининг маълум қилишича, муҳосарадаги Ғазо секторида сўнгги 24 соат давомида очлик ва кам овқатланиш оқибатида 18 киши ҳалок бўлди.

Зеленский: Россиянинг оммавий ҳужуми натижасида Украинада 2 киши ҳалок бўлди, 15 киши яраланди

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, ўтган тун давомида Украина шаҳарлари ва аҳоли пунктларига 420 дан ортиқ дрон ва 20 тадан ортиқ ракета билан ҳужум қилинган. Ҳужумлар натижасида 2 киши ҳалок бўлган, 15 киши яраланган.

Эс-Сувейдада друзлар томонидан мажбуран кўчирилган бедуин оилалари эвакуация қилинди

Суриянинг Эс-Сувейда вилоятида друзлар қўмондони Ҳикмат ал-Ҳижрига қарашли кучлар томонидан наслдан-насл яшаб келган уйларидан мажбуран чиқарилган бедуин араб оилаларининг бир қисми эвакуация қилинди.

Исроил аскарлари Ғазода оқ байроқ кўтарган тинч фуқароларга ўқ узганини тан олди

Исроил армиясининг амалдаги ва собиқ ҳарбийлари The Wall Street Journal нашрига маълум қилишича, Исроил аскарлари Ғазо секторида гуманитар ёрдам тарқатиш пункти яқинида оқ байроқ кўтариб турган палестинлик фуқароларга нисбатан ўқ узганини тан олди.

Исроил стратегияси: Мамлакатнинг сиёсий устунликка эга бўлиш учун амалга ошираётган «ўйинлари»

16 июл куни Исроил ҳарбий самолётлари Сурия пойтахти Дамашқдаги муҳим объектларга — Мудофаа вазирлиги, Ҳарбий штаб ва Президент саройи атрофига зарба берди. Бу ҳужум оддий ҳаво зарбаси эмас эди — бу аниқ сиёсий стратегиянинг давомидир.

Машинасига 200 килодан зиёд наркотик ортган дипломат қўлга тушди — Болгария

Болгарияда дипломатнинг машинасига ортилган 200 килограммдан зиёд гиёвандлик моддаси мусодара қилинди. Таъкидланишича, мамлакат тарихида бунчалик йирик наркотик партияси биринчи марта фош қилинди.

Навоийда водород сульфид меъёрдан 16,8, аммиак 1,4 баробар ошгани маълум бўлди

Бунга «Навоийазот» корхонаси чиқиндилари сабаб бўлгани тахмин қилинмоқда. Корхона эса ҳодиса уларга алоқадор эмаслигини билдирган.

"Путин, навбатинг келди..."

Сиз бутун дунё ҳисобига арзон Россия нефтини сотиб оляпсиз, ва Президент Трамп бу ўйиндан чарчади.

Хитойдаги хусусий боғчада болалар қўрғошиндан заҳарланди

Иш бўйича олти киши, жумладан инвестор, директор ва ошпазлар ҳибсга олинган.

Гонконгда кучли тайфун авж олмоқда

Шамолнинг тезлиги соатига 160 км/соатга етмоқда.

Индонезия соҳилларида бортида 280 нафар йўловчи бўлган паром ёниб кетди

Индонезия ҳарбий-денгиз кучлари ёнғин қурбонлари ва жабрланганларни эвакуация қилиш учун учта кема юборди.

Газода болалар очликдан нобуд бўлмоқда

Бугунги кунда Газода минглаб инсонлар, жумладан, болалар ҳам очлик ва етарли озуқа етишмаслиги сабаб оғир аҳволга тушиб қолган.

Исроил ёрдам маркази яқинида 25 нафар очликдан азият чеккан фаластинликни ўлдирди

Медицин манбаларга кўра, шанба куни Исроил ҳарбийлари Жанубий Ғазонинг Рафа шаҳридаги ёрдам маркази яқинида тўпланган очликдан азият чеккан фаластинликлар тўдасига ўт очиши натижасида камида 25 киши ҳалок бўлди, яна 70 нафардан ортиқ инсон жароҳат олди.

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади

Келаётган ҳафтада ҳам жазирама давом этади — «Ўзгидромет» 21–24 июл (душанба–пайшанба) учун эълон қилган об-ҳаво прогнози шуни кўрсатмоқда.

Ас-Сувайдадаги тўқнашувларда ҳалок бўлганлар сони 940 нафарга етди

Бу ҳақда Syria Human Rights Observatory маълумотига таяниб, The Times of Israel нашри орқали "Report" хабар берди.

Аббас Аракчӣ: Эрон ва Исроил ўртасидаги ўт очмаслик режими жуда нозик

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Аракчӣ “IRNA” агентлигига берган баёнотида маълум қилди.

Steigan: Трамп Москвага ультиматум қўйди

У Москвадан Украина билан тинчлик келишувини имзолашни талаб қилди.

Трамп Ғазо секторидан 10 нафар гаровдаги шахсни қайтаришга ваъда берди

АҚШ Президенти Дональд Трамп, Ғазо секторидан яна 10 нафар исроиллик гаровдаги шахслар яқин вақт ичида озод қилиниши кутилаётганини маълум қилди.

Трамп АҚШлик медиамагнатнинг судда кўрсатма беришини интиқлик билан кутмоқда

Трамп бу ҳақда Truth Social ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Исроил Ғазодаги қочқинлар лагерлари ва уйларга зарба берди: ҳалок бўлганлар орасида аёллар ва болалар бор

Исроил армияси Ғазо секторидаги турли ҳудудларга, жумладан, яшаш уйлари ва қочқинлар жойлашган чатирларга ҳаво ва қуруқликдан зарбалар берди.

АҚШ элчиси Исроил ҳукуматини масиҳий ташкилотларга нисбатан босимда айблади

АҚШнинг Исроилдаги элчиси Майк Хакаби Исроил ҳукуматининг масиҳий ташкилотлар ва уларнинг хорижий ходимларига нисбатан ҳаракатларидан жиддий норозилик билдирди.

«Бу сафаргиси ҳақиқий»: Исроилга янги санкциялар жорий қилинди

Санкциялар таркибига қурол етказиб беришни тўхтатиш, ҳарбий ҳамкорлини якунлаш, суд орқали жавобгарликни кучайтириш, шунингдек, Исроил компанияларга нисбатан иқтосодий чекловлар жорий этиш каби бандлар киради.

Аслида тарбиячига тарбия керак шекилли: Боғчада 2 ёшли бола шафқатсиз калтакланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилмоқда.

Мурод Назаров: "Тошкентда дарахтларни кесишни чекламаслик керак"

Қурилиш соҳасида фаолият юритувчи тадбиркор сўзларига кўра, дарахт кесишга қўйилган чекловлар коррупцияни кучайтиради. У мазкур масалага ечим сифатида қурувчи компания зиммасига кесилган дарахтлар ўрнига янгиларини экишни юклаш кераклигини кўрсатди.

Грузияда жиноий гуруҳлар билан алоқада гумонланган 20 киши қўлга олинди

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ ИИВ вазири ўринбосари Александр Дарахвелидзега таяниб хабар берди, дея маълум қилади “Report” агентлиги.

Исроил ҳужумида Дамашқда ҳалок бўлганлар сони уч нафарга етди, 30 дан ортиқ киши яраланди

Бу ҳақда Сурия Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди, деб хабар бермоқда агентлик SANA.

Киевга қурол бериладими?

Трамп ўзини Россия ёки Украина томонида эмас, «инсонпарварлик томонида» эканини билдирди.

Сирдарёда фуқаро Cobalt’ини йўл четидаги бетон тўсиққа урди. Aвтомашина мажақланиб, ёниб кетди

Ижтимоий тармоқларда тарқалган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий муносабат берилди.

2090 йилгача Тошкент ва Остонада жазирама иссиқ сабаб 23 минг киши ҳалок бўлиши мумкин

Жаҳон банкининг сўнгги таҳлилига кўра, Тошкент шаҳрида юқори ҳароратлар инсон соғлиғи учун жиддий хавф туғдирмоқда.

Хоразмда саксовулфурушларни таъқиб қилган экоинспекторлар калтакланди

Айни пайтда инспекторлар Н.Муҳаммадиев ва О.Ҳесеновга нисбатан оғир жисмоний тажовуз содир этилган, улар турли даражадаги тан жароҳатларини олган.

Сенатор блогер Чеченкага чора кўришни сўради

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани томонидан ўрганилиб, ҳуқуқий баҳо бериш мақсадида 14 июль куни ИИВга расмий сўров юборилди.

Исроил Сурия армияси бош штабининг Дамашқдаги биносига икки марта зарба берди

ЦАХАЛ баёнотида айтилишича, Исроил Сурия жанубидаги друзларга қарши ҳаракатларни кузатишда давом этмоқда.

Кўкдала туманида “газ заправка”даги портлашда 4 киши ҳалок бўлди

Шундан сўнг, 4 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 14:45 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 15:00 да ўраб олинган ва соат 15:35 да тўлиқ ўчирилган.