"Yuklaringizni yetkazib beraman" deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan 19 yoshli yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi

"Yuklaringizni yetkazib beraman" deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan 19 yoshli yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi


——
Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi 29 yoshli H.M. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 4.800.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 19 yoshli S.D. sodir etganligi aniqlangan.
Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan S.D. "Telegram" messenjeri orqali H.M. bilan tanishgan va yuklarini yetkazib berishga kelishib, yuklarni olish uchun to‘lov qilishi kerakligini va yo‘l haqini xam qo‘shib berishi lozimligini aytib, aldov yo‘li bilan 4.800.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.D.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!