Yugurishning inson tanasiga 8 foydasi

Yugurishning inson tanasiga 8 foydasi

1. Yurak hamda qon-tomir tizimi uchun foydali. Muntazam yugurish bu a’zolarning yanada mustahkam ishlashiga yordam beradi.

2. Qonning kislorod bilan to‘yinishiga ko‘maklashadi. Jismoniy mashqlarni bajarishga ko‘nikkan insonning yuragi kamharakat kishinikiga qaraganda ko‘proq qon haydaydi. Qon aylanishi tezlashsa, organizmga kislorod ham ko‘proq keladi.

3. Asabiylashishga qarshi samarali vosita. Shifokorlarning ta’kidlashicha, tushkunlik va charchoqdan xalos bo‘lish uchun ter to‘kish lozim ekan.

4. Organizmning endorfin gormonini ishlab chiqarishiga yordam beradi. Bu gormon kayfiyatingizning ko‘tarinki bo‘lishiga xizmat qiladi.

5. Aqliy faoliyat yaxshilanadi. Yolg‘izlikda yugurish ko‘pgina masalalarga yechim topish uchun qulay fursat sanaladi. Ochiq havoda yugurilsa, organizm kislorodga to‘yinadi, miya hujayralari ham faollashadi.

6. Muntazam yugurish immunitetni yaxshilaydi, chunki qon tarkibida eritrosit va gemoglobin miqdori oshadi. Shuningdek, qonda xolesterin kamayib, ochlik hissi yo‘qoladi hamda ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanadi.

7. Kunning istalgan vaqtida yugurish imkoni bor. Ertalab qonda gormonlar ko‘paygan bo‘ladi, jismoniy mashq esa tanani qizitib beradi. Kechki payt yugurganda esa kun davomida to‘plangan charchoq va asabiylikni quvish, tinch uyquga erishish mumkin.

8. Olimlar tomonidan yugurish davomida zararlangan jigar hujayralarining tiklanishi isbotlangan. Shuningdek, buyraklardagi zo‘riqish bartaraf etiladi, ularning faoliyati yaxshilanishiga turtki bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!