YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi mashinasidan mingdan ortiq pirotexnika vositasi topildi

YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi mashinasidan mingdan ortiq pirotexnika vositasi topildi

Kecha, 7 dekabr kuni Bekobod tumani hududida joylashgan “Oybek” YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Sobalt haydovchisi inspektorning ishorasiga bo‘ysunmay, yo‘nalishida davom etgan. Xodimlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida to‘xtatilgan haydovchi F.Q. boshqaruvidagi mashina yukxonasida fuqaro
1988 y.t. Z.B. (ayol)ga tegishli bo‘lgan 1 104 quti turli hajm va ko‘rinishdagi pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!