YPX xodimlari haqida video suratga olgan vaynerlar qamaldi

YPX xodimlari haqida video suratga olgan vaynerlar qamaldi

Jizzax viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari formasida video tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqarolar qamaldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tarqalgan videoda haydovchini to‘xtatgan ichki ishlar organi xodimi obrazidagi erkak, unga yutuqli o‘yinda qatnashish imkoni borligi, 100 dollar tikib, pulini ikki baravarga ko‘paytirishi mumkinligini aytgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

“Vayn sohasida kulgi yo‘nalishi bo‘yicha videolar qilish bo‘yicha ishlayman. Hozirgi videoni ham o‘zim bilmagan holda besh kun oldin Rossiya kanallarining birida ko‘rib, tarjima qilganman va chiqarganman. Bundan maqsad biror organ xodimining ustidan kulish emas, odamlarga kulgi ulashish uchun qilganman. Xodimlarning formasidan foydalanish mumkin emasligini hozir tushuntirishdi, bu boshqa takrorlanmaydi”, deydi ushbu videoni olganlardan biri.

Video qahramonlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilgan. Ularning biriga 15 sutka, boshqasiga esa 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!