Yozning ilk kunlari qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Yozning ilk kunlari qanday ob-havo bilan boshlanadi?

O‘zbekiston bo‘ylab yozning ilk kunlari, ya’ni 1-3 iyun sanalarida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 17-22 darajada iliq, kunduzi 34-39 darajada issiq bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 34-39 darajada issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 darajada iliq, kunduzi 1-2 iyunda 32-37 darajada, 3 iyunda esa 34-39 darajada issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 darajada iliq, kunduzi 34-39 darajada issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 darajada iliq, kunduzi 32-37 darajada issiq bo‘ladi.

Shuningdek, Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 darajada iliq, kunduzi 22-27 darjada bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!