Kecha “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvi namoyish etilgan. Ko‘rsatuvda Qoraqalpog‘istonni viloyat deb nomlagan. Ushbu xatosi uchun "Yoshlar" telekanali teletomoshabinlardan uzr so‘radi.
"Bugun telekanalimiz faoliyatida juda kam-kam uchraydigan qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yildi.
Bugun “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvi namoyish etilgan edi.
Ko‘rsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi”ning nomi xato ko‘rsatilgan.
Ushbu qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilgani uchun biz, "Yoshlar" telekanali jamoasi ko‘p sonli teletomoshabinlarimizdan uzr so‘raymiz. Hozir aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda", - deydi telekanal jamoasi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘rsatuv “Qoraqalpog‘iston Respublikasi”ning nomi to‘g‘rilangan holda kecha soat 18:33da qayta namoyish etilgan.
Telekanalning qayd etishicha, kelgusida telekanalda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy choralar ko‘riladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.