Yosh oilalar ajrimining oldini olish maqsadida maxsus markaz ochiladi

Yosh oilalar ajrimining oldini olish maqsadida maxsus markaz ochiladi

“Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (820-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.

Markaz nikohlanuvchilarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlaydi.

Markazlarda FHDYo organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar  maxsus dastur asosida bepul o‘qitiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!