Yo tavba! Vampirlar mavjud va ular oramizda yashashmoqda

Yo tavba! Vampirlar mavjud va ular oramizda yashashmoqda

Yangi Orleandagi haqiqiy vampirlarni o‘rgangan tadqiqotchi Jon Edvard Brauzning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jonzotlar haqidagi barcha voqealar haqiqatdir. Luiziana universiteti xodimi tadqiqotlari natijalari juda ta’sirli bo‘lganini aytdi, deb xabar berdi “Planetanovosti.com”portali.

Tadqiqot “Atlanta Vampirlar Ittifoqi” tomonidan o‘tkazilgan. Uning davomida AQShda kamida 5 ming haqiqiy vampir yashashi aniqlangan. Yangi Orlean shahrida ularning soni taxminan 50 tani tashkil etib, ularning ba’zilari inson qonini ichishsa, boshqalari inson quvvati bilan oziqlanadilar.

Aniqlanishicha, ushbu hududda kichik guruhlardan tashkil topgan vampirlar hamjamiyati ham mavjud bo‘lib, ular got, jodugar va butparast guruhlar ekan.

Tadqiqotchining aytishicha, Yangi Orlean vampir faoliyatining o‘chog‘i bo‘lib, hudud boshqa shaharlarga qaraganda eng ko‘p "qon to‘kuvchilar" ga ega. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, barcha vampirlar muayyan qoidalarga amal qilishadi. Masalan, ovqatlantirish paytida ular "o‘lja" ga zarar yetkazmaydi: hamma narsa o‘zaro kelishuv bilan sodir bo‘ladi. Qon steril asboblar bilan chiqariladi va protseduradan oldin tekshiriladi.

Tashqi tomondan, vampirlar odamlardan farq qilmaydi, shuning uchun ularni topish deyarli mumkin emas, deya so‘zini yakunlagan tadqiqotchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!