Yildirim Boyazidning buxorolik kuyovi

A A A
Yildirim Boyazidning buxorolik kuyovi

Amir Sulton Usmonlilar davrida yashagan, tafsir, hadis, kalom olimi va mutasavvufdir. Ismi Muhammad bin Ali al-Husayniy al-Buxoriy bo‘lib, laqabi Shamsiddindir. Hijriy 770 (milodiy 1368) yilda Buxoroda tug‘ildi. Hijriy 833 (milodiy 1430) yilda Bursada vafot etdi. Qabri Bursadagi uning nomi bilan ataluvchi jome masjidi yonidadir. Sayyid (ya’ni payg‘ambarimiz avlodidan) bo‘lib, nasl-nasabi hazrati Husaynga borib taqaladi.

Buxoroda voyaga yetgan Amir Sulton ilm talabida Makka va Madinaga boradi. Haj vazifasini ado etganidan so‘ng niyati Madinaga joylashish edi. Biroq u yerda ko‘rgan bir tush sababli fikrini o‘zgartiradi va Turkiyaning Bursa shahriga yo‘l oladi.

Buxoroda tug‘ilgani uchun unga “Muhammad Buxoriy”, Sayyid (ya’ni Payg‘ambarimiz avlodidan) bo‘lgani uchun “Amir Buxoriy”, Yildirim Boyazidxonga kuyov bo‘lganidan keyin esa unga “Amir Sulton” nasablari berilgan. 

Bursada Shamsiddin Fanoriy degan ulug‘ zotdan dars oldi. Shamsiddin Fanoriy unga tabarruk dasxati bilan vasiqa – shahodatnoma yozib berdi.

Eng avvalo, Sulton Boyazidxon va bursaliklarning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘ldi, mehrini qozondi.

Amir Sultonni juda sevgan va hurmat qilgan Sulton Boyazidxon bu sevgisining alomati o‘laroq unga qizini nikohlab berdi. Sulton Boyazid xonga Abbosiy xalifasi tomonidan “Sultoni iqlimi Rum” unvoni berilganida Amir Sulton xonga bu sharafli unvonning ramzi bo‘lgan qilichni tantanali ravishda topshirgandi.

O‘z davrining ulug‘ valiylaridan sanalgan Amir Sulton “Karomatlar Sultoni” deya ham esga olinadi.

Zamonasining Usmonli sultonlari bu zotga hurmat ko‘rsatishar, safarga chiqishlaridan oldin huzuriga kelib duolarini olishardi.

Amir Sulton o‘z faoliyati davomida din, millat, Vatan ravnaqi yo‘lida ulkan xizmatlar qildi.

Vafotidan keyin ham ma’naviy yordamlari, kashfu karomatlariga sarhadlardagi g‘oziylar guvoh bo‘lgani bot-bot aytiladi.

***

Amir Sulton hazratlari qanchalik urinmasin, Temur – Yildirim to‘qnashuvini to‘xtatolmadi. Ikki musulmon turk qo‘shinining o‘zaro jang qilishini hech xohlamagan Amir Sulton oqibat nima bo‘lishini juda yaxshi bilar edi. Anqara jangi boshlanishiga juda oz vaqt qolganida ahli ayoli Hindi Xotunning iltimosi; Alloh taoloning izn-irodasi bilan bir zumda sarhadga bordi. U yerda Sulton Boyazidxon bilan ko‘rishib, gaplashishiga qaramay, podshohni jang qilish niyatidan voz kechtira olmadi. Amir Sulton ogohlantirgani kabi, jang Yildirim Boyazidning zarariga yakun topdi.

***

Amir Sulton Bursaga kelganida Yildirim Boyazidxon Mojor (Vengriya) qo‘shiniga qarshi jang qilardi. Dushman qo‘shini Usmonli lashkarlariga kuchli zarba va talofat yetkazardi. Bu asnoda bir yosh yigit yaradorlarning yarasini bog‘lar, ba’zan esa qo‘llarini ochib, duo qilardi. Bilagidan yaralangan Boyazidxonning bu yigitga nisbatan qalbida bir yaqinlik, iliqlik paydo bo‘ldi. Yoniga borib “Mening ham bilagimda yara bor”, deyishi bilan bu yigit cho‘ntagidan bir dastro‘mol olib: “Sulton hazratlari, ijozatingiz bilan yarangizni bu dastro‘mol bilan bog‘layin”, deydi.

Tong otgach, Amir Sulton bog‘lagan barcha yaralar bitgani, askarlar sog‘ayib oyoqqa turganlarini Yildirim Boyazidxonga xabar berishdi. Yildirim Boyazid ham qiziqib o‘z yarasini ochar ekan, bilagidagi dastro‘mol ayoli fotihalangan payti unga hadya etgan dastro‘mol ekanini ko‘rdi.

Kecha oqshom askarlarning yaralarini bog‘lagan yigitni huzuriga olib kelishlarini buyurdi. Biroq u fidokorni topolmadilar. (U Buxorodan kelgan Amir Sulton edi).

***

Shu asnoda Yildirim Boyazidning qizi tushida Janobi Payg‘ambarimizni ko‘radi. Rasuli akram alayhissalom unga: “Farzandim Muhammad Buxoriyga turmushga chiq, zinhor so‘zimni rad etma”, deya marhamat qiladi. Pokiza ruhli, odob va hayo sohibasi bo‘lgan Hindi Fotima Sulton bu tushni hech kimga aytolmadi. Ittifoqo ertasi kuni Rasuli akram alayhissalomni yana tushida ko‘radi. Sarvari olam unga: “Agar oxiratda senga shafoatchi bo‘lishimni istasang, Muhammad Buxoriyga turmushga chiq”, deydilar. Holbuki, o‘sha kunlari Hindi Fotima Sulton bilan Rumeli Beklar begi Sulaymon Podshoning turmush qurayotgani gapirilayotgan edi.

***

Hindi Sulton bu chorasizlikdan qiynalib, duolar qildi. “Qiziq, Amir Buxoriy bu hodisalardan xabardormikan?..” der edi. Kim orqali va qanday xabar yuborishni o‘yladi. Nihoyat, o‘zi kabi boadab va bohayo xizmatkoriga tushini aytib berdi va bu haqda borib Amir Sultonga gapirishini aytdi. Xizmatkor kelib, bu borada Amir Sultonga xabar yetkazganida u: “Bu hol bizga ham ma’lumdir. Bu nikoh Allohning xohish-irodasi... Vaziyatni Hindi Sultonga yetkazing...”, – dedi. Shundan so‘ng Amir Sulton sovchilar yuborib sulton qizining qo‘lini so‘radi...

***

Amir Sulton Buxoriy hazratlari quyidagi mazmundagi she’rni bot-bot o‘qir ekanlar:

Agar ko‘ngling men-la bo‘lsa,

Yamanda bo‘lsang-da, yonimdasan.

Agar ko‘ngling men-la bo‘lmasa,

Yonimda bo‘lsang-da, uzoqdasan.

Tingla, Haq na xush so‘yladi,

“Zabur”da Dovudga aytdi:

“Dushman bo‘l avval nafs balosiga,

Undan Menga ergashmoq-la qutulgaysan”.

Kel, sen ham dushman bo‘l nafsingga,

Zoye ayla uni har ne tilarsa.

Darhol tashlagin riyoni,

O‘zingga rahbar qil avliyoni.

Agar anglasang, shudir senga yo‘l,

Nafsing yomonligidan xalos bo‘l.

Nafsing murodidan uzoq tur,

Ergashma shaytonga, undan yiroq yur.

Abdumurod Tilavov,

filologiya fanlari nomzodi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.