Yashnobod tumanida tabiiy gaz ta’minotida uzilish kuzatiladi

Yashnobod tumanida tabiiy gaz ta’minotida uzilish kuzatiladi

"Hududgaz Poytaxt" GTF matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2020 yil 24 noyabr kuni soat 09:00dan 17:00ga qadar “Hududgaz Poytaxt” GTF "Yashnobodtumangaz" ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanning "Olmos" MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.  
   
Shu munosabat bilan Yashnobod tumani "Olmos" MFYdagi 500ta yerli aholi xonadonlari hamda 4ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlaridan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!