Yaponiyalik deputat Tayvanga bormoqchi

Yaponiyalik deputat Tayvanga bormoqchi

Yaponiyaning hukmron liberal-demokratik partiyasidan deputat Keyzi Furuya 22-24 avgust kunlari Tayvanga borishni rejalashtirayotgani to‘g‘risidagi axborotni “Kyodo” agentligi tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, noib Tayvan ma’muriyati rahbari Say Inven va orol mudofaa departamenti vakillari bilan uchrashmoqchi.

Furuya Yaponiyaning Tayvan bilan munosabatini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik guruhiga rahbarlik qiladi.

Mazkur jamoaga yaqinda suiqasd qurboni bo‘lgan sobiq Bosh vazir Sinzo Abe maslahatchilik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!