22 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahridagi xalqaro ko‘rgazma markazida “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bir tur - butun mintaqa” tamoyili ostidagi qo‘shma turizm dasturlarini yaratishga doir tashabbusini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston delegasiyasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi hamda Markaziy Osiyo davlatlari turistik administrasiyalari bilan hamkorlikda yaratilgan yagona stendda ishtirok etmoqda.
“Turizm sohasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Sohadagi islohotlar natijasida viza rejimi soddlashtirildi, elektron viza joriy etildi, turizm biznesi vakillariga qator imtiyozlar berildi, shu bilan birga, mavjud turistik maskanlaridan tashqari barcha hududlarda yangidan-yangi turistik ob’ektlar barpo etilmoqda.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Yaponiyaliklarning O‘zbekistonga sayohati tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi, zerobu mamlakatning savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalari Buyuk Ipak yo‘li orqali rivojlangan”, - dedi “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendini ochib bergan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziriAziz Abduhakimov va ko‘rgazmaga ishtirokchilari hamda Yaponiya turistik biznes vakillarini O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi.
O‘zbekiston stendi ochilishida, shuningdek, Yaponiya turizm agentligi raisi Koichi Vada ham ishtirok etib, so‘zga chiqdi va barchaga muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining madaniyat sohasi vakillari tomonidan o‘zbek milliy san’ati namunalari ijro etildi va bu ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik turoperatorlar ham ishtirok etib, yaponiyalik turoperatorlar va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblari bilan B2B uchrashuvlarda qatnashishmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.
Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.
Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.