Yaponiyada tug‘ilish soni pasayib ketmoqda

Yaponiyada tug‘ilish soni pasayib ketmoqda

Yaponiyada tug‘ilish darajasi 2023 yilda rekord darajada past bo‘lib, 1,21 ga yetgan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkich yapon ayolining umri davomida tug‘ishi kutilayotgan o‘rtacha bolalar sonini ko‘rsatadi. Bu haqda “Day-iti” sug‘urta kompaniyasi iqtisodchisi Takuya Xoshinoning hisob-kitoblariga tayanib, Nikkei Asia xabar berdi.

Iqtisodchi e’lon qilgan demografik pasayish hukumat prognozini ortda qoldiradi. 2023 yilda Yaponiyada 731 mingga yaqin bola dunyoga kelgan, deydi mutaxassis. Milliy aholini tadqiq qilish instituti esa 2023 yilda 739 ming bola tug‘ilishini va tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti 1,23 ni tashkil etishini prognoz qilgandi.

Yaponiyada tug‘ilish darajasining pasayishi ketma-ket sakkizinchi yil davom etmoqda, deya qayd etadi Nikkei Asia.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!