Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti bekor qilindi
Oceana Theater ma’lumotiga ko‘ra, Yulduz Usmonovaning 2026 yil 9 mayga belgilangan konserti bekor qilindi.
Avvalroq Usmonovaning Isroilga qarshi bayonotlari sabab konsertni bekor qilish tashabbusi ilgari surilgandi.
Shuningdek, Yulduz Usmonovaning o‘zi 9 may kuni "Okean" teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Nyu-Yorkdagi chiqishi bilan bog‘liq janjal haqida fikr bildirdi.
"Agar siz sionistlar, men uzr so‘rayman deb o‘ylasangiz, siz qattiq adashasiz", dedi Usmonova.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, noroziliklarning kuchayishi mahalliy siyosiy jarayonlar va saylovlar bilan bog‘liq va qarama-qarshilikning o‘zi shunchaki "uning mashhurligi uchun ishlaydi".
"Men hatto sizda boshqa hech qanday ish yo‘qligidan va hamma menga qarshi to‘planganingizdan xursandman. Bu men sizni chindan ham hayratda qoldirishim mumkinligini anglatadi", deb qo‘shimcha qildi u.
Nutqi davomida qo‘shiqchi Falastin-Isroil mojarosi haqidagi fikrlarini takrorladi.
Avvalroq, amerikalik siyosatchilar Maykl Novaxov va Bryus Bleykman xonandani antisemitizmda ayblab, AQSh Davlat departamentidan uning vizasini bekor qilishni talab qilib, nafrat nutqida ayblashgan edi.
