Yaponiyada koinotga olib chiquvchi lift qurilmoqda

A A A
Yaponiyada koinotga olib chiquvchi lift qurilmoqda

Yaponiyada koinotga olib chiquvchi lift qurilmoqda. 2012-yildan beri Obayashi Corporation kompaniyasi elektromagnit qurilmalarga asoslangan ko‘tarish mexanizmiga ega minora loyihasini ishlab chiqmoqda.

Kosmik liftni 2050-yilda ishga tushirishmoqchi. Taxminlarga ko‘ra, shunday yo‘l bilan yuklarni kosmosga yanada tezroq va samaraliroq olib chiqish mumkin bo‘ladi.

Hozir asosiy qiyinchilik — lift uchun mos material topishdir. Olimlar kamida 36 000 kilometr uzunlikdagi mutlaqo yangi, bardoshli materialni ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon bu qanday ko‘rinishda bo‘lishini taxmin qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!