Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni birinchi marta 92 mingdan oshdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni birinchi marta 92 mingdan oshdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan uzoq umr ko‘rganlar soni ilk bor 92 mingdan oshdi.

Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi Keksalarni qadrlash kuni munosabati bilan bergan bayonotida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 15-sentyabr holatiga ko‘ra, Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 92 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 50 yil ichida ularning soni mamlakatda ko‘payib bormoqda. Joriy yilda ularning soni 1500 nafarga oshdi. Vazirlikning ta’kidlashicha, bu yil 47 107 kishi o‘zining 100 yilligini nishonlaydi.

1963 yilda Yaponiyada keksa fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida qonun qabul qilindi. O‘shanda mamlakatda 100 yoshdan oshganlar soni 153 nafarni tashkil qilgan. 1981 yilda ularning soni 1000 ga, 1998 yilda 10 000 ga, 2012 yilda 50 000 taga yetdi. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Yaponiyada ham ayollar erkaklardan uzoqroq yashaydilar. Bu yerda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 87 yoshdan, erkaklar uchun esa 81 yoshdan oshgan. 107 yoshli Fusa Tasumi Yaponiyaning eng keksa fuqarosi hisoblanadi. U 1907 yil 25 aprelda tug‘ilgan. Qarindoshlarining aytishicha, u oddiy hayot kechirgan. Ularning fikricha, Fusa Tasumining uzoq umr ko‘rish siri to‘g‘ri ovqatlanishdadir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!