Yaponiya hukumati sun’iy intellekt yadro quroli bilan bog‘liq tizimda qo‘llanishiga qarshi chiqmoqda. Tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava bugun BMT Xavfsizlik kengashida “Yadroviy qurolsizlanish va yadro qurolini tarqatmaslik” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq bahs-munozarada ma’ruza qilib, ishtirokchilarga shu haqda eslatmoqchi, deb xabar tarqatdi “Yomiuri” gazetasi.
Vazir yadro qurolini boshqarish va saqlashda faqat inson ishtirok etishi zarurligini ta’kidlash niyatida. Kamikava davlatlarni ommaviy qirg‘in qurolini koinotga joylashtirmaslik to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga og‘ishmay amal qilishga ham chaqiradi.
Yaponiya almashuv asosida BMT Xavfsizlik kengashida raislik vazifasini bajaryapti. Bugunga belgilangan yadro quroli masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishga ham aynan Yoko Kamikava raislik qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.