Yaponiya Xitoydagi elchixonasi orqali KXDRdan sun’iy yo‘ldoshni uchirishdan voz kechishni talab qildi

Yaponiya Xitoydagi elchixonasi orqali KXDRdan sun’iy yo‘ldoshni uchirishdan voz kechishni talab qildi

Yaponiya Pekindagi elchixonasi orqali KXDRdan Pxenyan 4 iyungacha uyushtirmoqchi bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh uchirilishidan voz kechishni talab qildi.

Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi ma’lum qildi.

Bosh kotib Shimoliy Koreyaning harakatlari “Yaponiya, mintaqa va jahon hamjamiyatining tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotganini” qayd etdi.

Avvalroq Tokio AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya rasmiylari KXDR sun’iy yo‘ldoshi bilan raketani uchirsa, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalarini buzadi, deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!