Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yaponiya hukumati RF Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillarini, shuningdek, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari mansabdor shaxslari hamda prokurorlarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish orqali Rossiyaga nisbatan cheklovlarni kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda juma kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xususan, Rossiya Havo-desant kuchlari qo‘mondoni general-polkovnik Mixail Teplinskiy va Strategik raketa qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Sergey Karakayev sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning 80 ta tashkilotiga eksport cheklovlari kiritiladi. "Rossiya Federasiyasining sanoat bazasini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan" tovarlarni eksport qilish taqiqlanadi. Taqiq Rossiya Federasiyasiga qurilish va muhandislik xizmatlarini ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi.

Sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish yangi sanksiyalar paketi doirasida amalga oshirildi. Hammasi bo‘lib 24 nafar jismoniy shaxs va 78 tashkilotni o‘z ichiga olgan. Cheklovlar, agar ular aniqlansa, Yaponiyadagi aktivlarni muzlatish bilan bog‘liq


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!