Yaponiya Rossiyaga vaksina va boshqa ko‘plab tovarlarni sotishni taqiqladi

Yaponiya Rossiyaga vaksina va boshqa ko‘plab tovarlarni sotishni taqiqladi

Yaponiya Rossiya bilan savdoga yangi cheklovlar kiritdi. Bu davlat tashqi ishlar vazirligi yangi sanksiyalarni Ukraina atrofidagi xalqaro vaziyat va uning «tinchlikni ta’minlash»ga qo‘shgan hissasi bilan izohlaydi.

3 fevraldan boshlab Rossiyaga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalar sotishga taqiq joriy etildi. Shuningdek, robotlar, radioaktiv materiallar va yadroviy inshootlar, neft va gaz qidiruvi uchun uskunalarni eksport qilish taqiqlanadi. Ro‘yxatda portlovchi moddalarni aniqlash uchun uskunalar, portativ generatorlar, lazerli payvandlash mashinalari ham mavjud.

Umuman olganda, eksport cheklovlari 49 ta tashkilotga ta’sir qiladi. 22 shaxs va uchta tashkilotga (Irkut korporasiyasi, "Avangard Moskva" mashinasozlik zavodi va "KamAZ") nisbatan shaxsiy sanksiyalar kengaytirilmoqda.

Cheklovlarga duchor bo‘lganlar orasida Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova, faylasuf Aleksandr Dugin, «KamAZ» YOAJ bosh direktori Sergey Kogonin, shuningdek, Sulaymon Kerimovning qarindoshlari bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!