Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini bekor qildi

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini bekor qildi

Ukrainada urush davom etayotgan bir paytda Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini bekor qiladi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida jurnalistlar bilan suhbatda Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar masalasi hozircha ko‘rib chiqilmayotganini aytdi, deb yozadi «TASS».

Fumio Kisida Ukrainadagi urush tufayli Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar nihoyatda keskinlashgani va bugungi kunda tinchlik muzokaralari o‘tkazish mumkin emasligini tushuntirdi.

Shu bilan birga, u Tokio har doim Moskva bilan tinchlik shartnomasi tuzish va hududiy muammoni hal qilish uchun harakat qilishini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!