Yaponiya Osiyo kubogi-2023ga mezbonlik qilishi mumkin

Yaponiya Osiyo kubogi-2023ga mezbonlik qilishi mumkin

Yaponiya futbol assosiasiyasi (JFA) 2023 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazish borasida norasmiy taklif oldi.

«Taklifni oldik. Agar Yaponiya turnirni o‘zida qabul qilsa, shubhasiz, bu katta muvaffaqiyat bo‘lardi», - deya JFA rahbari Kodzo Tashimaning so‘zlarini keltirgan Reuters Nikkan Sports’ga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi-2023 Xitoyda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha mamlakatdagi epidemiologik qiyin vaziyat sababli mezbon turnirni o‘tkazishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi-2019 Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilib, Qatarning chempionligi bilan yakunlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!