Yaponiya Moliya vazirligi iyul oyida mamlakat yana Rossiyadan neft import qilganini ma’lum qildi

Yaponiya Moliya vazirligi iyul oyida mamlakat yana Rossiyadan neft import qilganini ma’lum qildi

Yaponiya joriy yilning iyul oyida yana Rossiyadan neft import qilishni boshladi, biroq uning hajmi avvalgi yilga nisbatan kamaydi.

Bu haqda Yaponiya moliya vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Departament hujjatiga ko‘ra, import qilingan Rossiya nefti hajmi 2021 yil iyul oyida qayd etilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan 65,4 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, suyultirilgan gaz importi 26,1 foizga kamaydi.

Iyun oyida Yaponiya Rossiyadan neft import qilmadi, lekin suyultirilgan gaz (LNG) yetkazib berishni oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!