Yangiyo‘l tumanida «Jihodchilar» terroristik oqimi a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi

Yangiyo‘l tumanida «Jihodchilar» terroristik oqimi a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1998 yilda tug‘ilgan M.M. (Yangiyo‘l tumani) instagram ijtimoiy tarmog‘ida ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxslarning «jihod» va «hijrat»ga da’vat qiluvchi ma’ruza va videoroliklar tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. 2018-2020 yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy ta’lim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va Telegram tarmog‘i orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!