Yangihayot tumani hokimligi korrupsiyadan xolimi? Hokim shu va boshqa savollarga javob berdi

A A A
Yangihayot tumani hokimligi korrupsiyadan xolimi? Hokim shu va boshqa savollarga javob berdi

Yangihayot tuman hokimi Hayot Inogamov bilan suhbatlashdik. Suhbat davomida hokim Yangihayot tumanidagi jarayonlar hamda boshqa sohalarda o‘z fikrlarini bildirdi.

— Avvalambor assalomu alaykum, Hayot Ilyasovich. Yangihayot tumani tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi. Biroq, hali “yosh” bo‘lishiga qaramasdan, bir qancha reytinglardagi yuqori natijalarda ushbu tuman nomiga guvoh bo‘lyapmiz. Aytingchi, tumanning tashkil etilishi qanday sodir bo‘ldi va bu o‘zgarish o‘sha hududda yashovchi aholi uchun qanday afzalliklar berdi deb hisoblaysiz. Yangihayot tumani hokimligi korrupsiyadan holi-shaffof hokimiyat bo‘ladi oladimi?

Assalomu alaykum, savolingiz uchun rahmat. Qayd etish lozimki, Toshkent shahrining janubiy g‘arbiy mintaqasida 2017 yildan keyin 460 dan ortiq turar-joy massivlari barpo etilib, ushbu xonadonlar Toshkent shahri aholisining asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj va ehtiyojmand qatlamiga imtiyozli shartlarda taqdim etilgan. Mazkur uylarga 2021 yilga qadar 110 ming nafardan ortiq aholi ko‘chib kelgan.

Yangihayot tumanini tashkil etish tashabbusi Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 29 may kuni Toshkent shahriga tashrif doirasida bildirilgan edi. Shundan so‘ng, ishchi guruh tomonidan yangi tumanni tashkil etish bo‘yicha batafsil o‘rganishlar olib borildi va ikki marta – 2020 yil 5 avgust va 21 avgust kunlari hurmatli Prezidentimizga yangi tumanni tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdim etilgan. Yangihayot tumani Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l, Quyichirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan olingan 4419,6 gektar hududda tashkil etilgan. Bugungi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, tuman aholisi 157 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Davlat rahbari tomonidan tuman mas’ullari oldiga “ushbu hududda yashovchi xalqni rozi qilish”, “yangi tumanni respublikada namunaviy tuman bo‘lishini ta’minlash” vazifasi topshirilganini biz juda katta ishonch va mas’uliyat deb qabul qilib, ishni boshlagan birinchi kundan boshqacha ishlashni, aholiga yaqin bo‘lishni, ma’muriy to‘siqlarni olib tashlashni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik.

Aholini rozi qilish uchun sektor rahbarlari va tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan jami 3147 nafar shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazilib, ushbu qabullarda jismoniy va yuridik shaxslarning 5992 ta murojaatlar qabul qilindi. Shundan, 70 foiz murojaatlar ijobiy hal etilib, 25 foiziga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifam orqali aholi bilan kundalik “onlayn” muloqotni yo‘lga qo‘ydik. Ushbu muloqotlar orqali 20 foizga yaqin masalalar joyida hal etishga erishildi. Tuman hokimligida shaffoflikni ta’minlash maqsadida ma’muriy binoyimiz ham “open-space” formatida qurilgan.

Endi korrupsiya masalasiga to‘xtalsak, men davlat xizmatiga kelishdan oldin, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganman. Shuning uchun ayrim fikrlarim boshqa davlat xizmatchilariga nisbatan nostandart bo‘lishi mumkin. Fikrimcha, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi eng muhim omillardan biri bu xodimlarga mehnatiga yarasha haq to‘lamaslikdir. Atoqli adibimiz aytganidek “xodimlarga mehnatiga yarasha haq to‘lamasang, to‘lagan maoshingga yarasha ishlay boshlashadi”. Yangihayot tumani hokimligida xodimlar mehnatiga haq to‘lashda bazaviy maoshiga qo‘shimcha oylik ustamalar (oylik ish haqining 200 foizigacha miqdorda) berib boriladi. Bu esa, davlat xizmatchisi uchun raqobatbardosh maosh hisoblanadi va xodimlarning halol ishlashiga sharoit yaratilgan. Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha xodimlar doimiy ogohlantiriladi. Shu sababli, agar kimdandir tuman hokimligi xodimlari ta’magirlik qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishini so‘rab qolgan bo‘lardim.

— Yangihayot tuman hokimligi tomonidan 1 yil mobaynida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Xususan, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘plab mahallalarning ichki ko‘chalariga asfalt yotqizildi. Yangi 2022 yilda hududda yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha qanday rejalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan?

Albatta, o‘tgan 1 yil mobaynida tumanimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirdik. Asosiy e’tiborni Toshkent viloyatidan hududimizga qo‘shilgan mahallalarning ichki ko‘chalarini ta’mirlashga qaratdik. Birgina “Obod mahalla” dasturi ijrosi bo‘yicha “Chortoq” mahallasining 40 ta ichki ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Tuman bo‘yicha esa 237 ta ichki ko‘chalarning jami 529 000 kv.m qismi ta’mirlandi. Albatta, yo‘llarni ta’mirlash ishlarida fuarolarimizning murojaatlarini ham o‘rgandik. Buning uchun o‘zim va sektor rahbarlari, o‘rinbosarlar bilan birga kerak bo‘lsa har kuni mahallalarni birma-bir aylanib, aholi bilan suxbatlashdik. Haqiqatdan ta’mirtalab axvoldagi ko‘chalarni ko‘zdan kechirdik va mahalla axliga qulaylik yaratish uchun ushbu ko‘chalarda ham asfaltlash ishlarini olib bordik. Joriy yilgi rejada tumandagi 13 ta mahallaning 35,3 km qismiga jami 214 442,5 kv.metr asfalt yotqizish belgilab olganmiz. Bu yilda ham aholi murojaatlari asosida yo‘llarni ta’mirlashni, har bir mahallada ta’mirtalab yo‘llar qolmasligi uchun harakat qilamiz. Shu bilan birga, serqatnov ko‘chalarni kengaytirib, haydovchilar uchun ham qulaylik yaratishni, piyodalar uchun esa piyodalar yo‘laklarini qurishni, veloyo‘laklar sonini ko‘paytirishni maqsad qilganmiz. Biz songa emas, sifatga ishlashni ko‘zlaganmiz. Toki, biz amalga oshirgan asfaltlash ishlari 3 yil yoki 4 yilga emas, uzoq yillar tumanimiz ahliga xizmat qilsin.

— Tumanda ijtimoiy soha infratuzilmasini yaxshilash doirasida qanday ish tashkil etildi, kelgusidagi rejalar haqida aytib o‘tsangiz?

2021 yilda tumanimizda aholi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy soha ob’ektlarini o‘z muddatida qurib bitkazishga erishdik.

Xususan, 65 va 66-oilaviy poliklinikalar qurilib, ishga tushirildi hamda 3 ta poliklinikalar va “Binokor” filialida tibbiy axborot tizimi “Meddata” ni joriy etish uchun 305,0 mln so‘m ajratildi. Shuningdek, 4 ta mahallalar hududida har biri 235 o‘rinli jami 2 ta hamda 1 ta 335 o‘rinli va 1 ta 480 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, jami 10 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy qiymati 5 mlrd 687 mln so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Tumanda 332-sonli yangi umumta’lim maktabi qurildi. Tuman mahalliy byudjetidan ajratilgan 15 mlrd 843 mln so‘m mablag‘lar hisobiga, Yangihayot tumanida jami 8 ta umumta’lim maktablari binolari va 4 ta umumta’lim maktablarining hovlisidagi sport maydonlari zamonaviy ko‘rinishda joriy ta’mirlandi.

Yil boshidan jami 18 ta mahalla binolarini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda jami 11 ta mahalla binolari foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda esa “Istiqbolli” rejalar asosida, tumanni kompleks rivojlantirish maqsadida, Yangihayot tumanini kompleks rivojlantirish maqsadida 4 ta mahallalar hududida zamonoviy va “Smart Garden” ya’ni aqlli maktagacha ta’lim tashkilotlari qurish rejalashtirilgan. Shuningdek, 1 ta oilaviy poliklinika, 1 ta tez tibbiy yordam stansiyasi hamda 1 ta ko‘p tarmoqli shifoxona, 2 ta umumta’lim maktablari va 1 ta musiqa maktabi, 1 ta “Barkamol avlod” maktabi, 1 ta “Bolalar va o‘smirlar” sport maktabi qurish rejalashtirilgan. Hozirda ushbu ob’ektlarini qurish uchun loyiha va loyihaoldi ishlari olib borilmoqda.

Uy-joy bilan ta’minlash va renovasiya dasturini ijrosi yuzasidan 2022-2026 yillar davomida tumanining “Yo‘ldosh” mavzesidagi yashashga yaroqsiz holga kelib qolgan 2 qavatli yog‘och uylarda yashovchi aholi bosqichma-bosqich yangi xonadonlarga ko‘chiriladi.

210 gektar hududda “Yangihayot industrial park” loyihasi boshlanadi.

“Yangi Darxon” mahallasi hududida Yangihayot tumanining ma’muriy markazi barpo etiladi. Ushbu hududda tuman hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi bo‘limalariga ma’muriy binolar qurish va ularni jihozlash rejalashtirilgan.

Oldimizda ulkan vazifalar, rejalar kutmoqda. Biz yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga imkonimiz mavjud. Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida boshlagan barcha xayrli ishlarimiz, albatta, o‘zining ijobiy samarasini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Tramp dunyodagi superdavlatlar nomini aytdi

АҚШ Президенти Дональд Трамп журналистларга дунёнинг иккита суперқудрати қайси давлатлар эканини айтди.

Mourinyo – “Real” bosh murabbiyi...

Мадриднинг “Реал” клуби португалиялик мутахассис Жозе Моуриньони бош мураббий этиб тайинлаш бўйича келишувга эришди.

O‘zbekiston terma jamoasining JCh oldidangi rejalari ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоасининг Жаҳон чемпионати олдиданги тайёргарлик режаси маълум қилинди.

Tramp: "Moskvaga borishim mumkin"

Трамп бу баёнотни Хитойга жўнаб кетишдан олдин журналистлар билан суҳбатда айтган.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.