Yangi Zelandiya Ukrainaga harbiy yordam bermaydi

Yangi Zelandiya Ukrainaga harbiy yordam bermaydi

Yangi Zelandiya mudofaa vaziri Peeni Xenare Ukrainaning harbiy yordamga bo‘lgan ehtiyoji Yangi Zelandiya harbiy-sanoat kompleksi imkoniyatlariga mos kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Avstraliyaning AAP agentligi xabar berdi.

“Ukraina bizdan HIMARSraketa tizimlari, quruqlikdagi kuchlar uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, “er-dengiz” havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishimizni so‘radi”, dedi Xenare.

Biroq, vazirning so‘zlariga ko‘ra, “Yangi Zelandiyada Ukraina olishni xohlaydigan hech narsa yo‘q”.

APP ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha Ukrainaga yuborilgan Yangi Zelandiya uskunalari 1066 ta o‘q o‘tkazmaydigan jilet, 473 ta dubulg‘a va 571 ta maskirovka jiletlarini o‘z ichiga oladi. Vellington, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirish uchun 21,1 million Yangi Zelandiya dollari (12,1 million AQSh dollari) berishga rozi bo‘lgan.

Yangi Zelandiya AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchisi maqomiga ega.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanadi. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yuborish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!