Yangi turdagi koronavirus qachon paydo bo‘lgani taxmin qilindi

Yangi turdagi koronavirus qachon paydo bo‘lgani taxmin qilindi

Koronavirusning yangi turi Britaniyada sentyabr oyida paydo bo‘lgan, ammo uning faol tarqalishi noyabr oyining o‘rtalarida boshlandi, deya xabar beradi mamlakat sog‘liqni saqlash xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar virus tarqalishi zanjirlarini teskari tartibda kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi va mutasiyalangan shtamm bilan yuqish hollari noyabr oyining o‘rtalariga qadar juda kam bo‘lgan degan xulosaga kelishdi. Birinchi marta yangi koronavirusning keng tarqalishi noyabr oyining oxirida Kentda, keyin London va Esseksda aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Britaniyada yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishi sababli ko‘plab mamlakatlar Buyuk Britaniyaga parvozlarni yopmoqdalar. Yangi shtamm sezilarli darajada yuqumli ekanligi aniqlandi, ammo o‘lim darajasi, yuqori yoki og‘irroq kasalliklarga olib kelishi hali tasdiqlanmagan. Shuningdek, yangi yaratilgan vaksinalar unga qarshi qanchalik samarali bo‘lishi hali ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!